Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Elektron biznesini moliyalashtirish usullari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə181/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

13.3. Elektron biznesini moliyalashtirish usullari Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo’lgan jahon internet bozorining rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlarni ham o’ziga jalb qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo’lishiga qaramay, elektron biznesga bo’lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo’lgan muddatlardi Forbes ning ma’lumotlariga ko’ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan. Shuning uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo’nalishidagi loyihalarga ularning boshlang’ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar. Ko’pchilik xollarda bunday biznes loyihalari yuqori texnologik va innovatsion hususiyatga ega bo’ladilar. Investor uchun venchur investitsiyalash juda yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi. „Venchure“ so’zi ham o’zbek tiliga tajima qilinganida tavakkalchilik bilan boshlangan ish degan ma’noni berdai. Ammo bunday biznes loyihasi innovatsion yangilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun investorning boshlang’ich kapital qo’yilmasini o’nlab, yuzlab va ba’zi xollarda esa minglab marta katta miqdorda ko’paytirishga imkon beradi. Lekin suni ham aytish kerakki, barhca vachur investitsiyalar ham muvaffaqiyatli bo’lavermaydi – 70%-80% investitsiyalar zararga ham kirib ketishi mumkin. Qolgan 20-30% venchur investitsiyalar barcha zararlarni qoplaydi va katta foyda ham keltiradi. „MoneyTreeTM:Venchur bozori navigatori“ ning ma’lumotlariga ko’ra,2 013 yilning uchta choragida amalga oshirilgan venchur kelishuvlarning 157 tasidan 138 tasi IT-loyihalarga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Keyingi yillarga investorlar meditsinadagi, ta’limdagi, biotexnologiyadagi, transportdagi va moliya soxasidagi loyihalarga ham faol investitsiyalarni amalga oshirmoqdalar. Bunday investorlarga misol qilib, i2bf fondini, Bright Energy (al’ternativ energetika) fondini, QWave (kvant texnologiyalari) fondini, Biopress Capital Ventures va Maxwell Biotex (biotexnologiya) fondlarini keltirish mumkin. Bright Capital venchur fondi top-menejerining fikriga ko’ra, industriyaga va raqamli
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
texnologiyalar investitsiyalarning absolyut turli xildagi tipologiyasiga ega bo’ladilar. Masalan, energetika va biotexnologiyga bo’lgan investitsiyalar davomiyligi 7-8 yil bo’lib, kapital sig;imi ham ancha katta bo’ladi. Raqamli texnologiyalarda esa investitsion tsikl ancha kichik bo’ladi. Kraudfunding platformalariga bo’lgan zamonaviy turdagi investitsiylar ham ancha samarador hisoblanadi. Bu turdagi 45 ta platforma tahlil qilinganida, ularga 230 ta moliyaviy tashkilotlardan $866 million dollar inbestitsiya jalb qilingani ma’lum bo‘lgan va bu summadan 79% qismi P2P turidagi xalq kreditlar servislariga to’g’ri kelgan (http://crowdssourcing.ru). Venchur investitsoyalar bo’yicha eng ilg’or mamlakat AQSH hisoblanib, bu ish Xitoyda, Xindistonda, Evropa Ittifoqida va Izroilda ham yaxshi rivojlangan. Amerika venchur fondlari uchun eng qiziq bo’lgan sohalar dasturiy ta’minot, biotexnologiya va mediya tarmoqlari hisoblanadi (J’Son&Partners Consulting). Hozirda investorlarning diqqat-e’tibori ko’proq elektron savdo va bulutli texnologiyalarga qaratilmoqda. Amaliy innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlovchi davlat va davlatsifat tashkilotlarining asosiy turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: „afzallilarga erishish markazlari“ tarmoqlari, texnologiyalar transferi markazlari, ekuv moliyalash fondlari, biznes-inkubatorlar, davlat venchur fondalri va investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash universal institutlari. Trasmilliy korporatsiyalar innovatsion loyihalarga quyidagi bir qancha usullar vositasida kirishlari mumkin:  To’g’ridan-to’g’ri (bevosita) investitsiyalar – bunda tavakkalchilik darajasi juda katta bo’ladi, ammo juda katta foydaga ham ega bo‘lish mumkin;  O’zining kichik innovatsion korxonasini tashkil qilish;  Korporatsiya oldindan mavjud bo’lgan va tegishi mutaxassislakka ega bo’lgan venchur fondga kirishi mumkin; Venchur fondlarga investitsiya qiladigan korporatsiyalar sifatida Intel Capital, Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin