Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə182/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
(klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:  Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish maydonlarini olishga yordam berish;  Informatsion qo’llab-quvvatlash;  Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va xamkorlarni topishda yordam berish;  Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish;  Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish;  Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak ko’rsatish. Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58). Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi; Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi; Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining oshirilishi; Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi; Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish shartlari; Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish yo’nalishlariga mos kelishlik. Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi. Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir. Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital, Inventure Capital va boshqalar. Venchur investitsiyalarning bir qancha turalri bo’lib, ular orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir: 1. Biznes loyihaga investitsiya qilish (seed investment); 2. Boshlang’ich biznesga investitsya qilish (start-up investment); 3. Qandayidr mahsulot loyixasi, ishga tushirilayotgan mahsulot yoki hizmat lineykasiga va biznes tarixiga ega bo‘lgan kompaniyaga investitsiya qilish (earlystage investment);
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (expansion investment). Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish bosqichlariga mos tushadi: 1. Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go’ya bor, mahsulot yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab chiqilmoqda yoki u yo’q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak, risklarni baholash lozim, byudjetnu rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini ishlab chiqish kerak. Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznes-farishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super-farishtalar bitta loyihaga $1 milliondan ko’proq pul tikishlari mumkin va bunda boshqa venchur kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o’tkaza oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin. 2. Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan investitsiya olishlari mumkin. 3. O’sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor, startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan investitsiya olinishi mumkin. 4. Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda banklardan investitsiya olinishi mumkin. 5. Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage – bu bosqich kompaniyaning keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
6. Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin