Tizerli reklama yoki tizerlar – to’rtburchak shaklli negative ko’rinishdagi grafik reklama guri bo’lib, saytga murojaat qiluvchiga shilqimlik bilan ko’rsatiladi. Transchagaraviy elektron savdo (cross-border trade) – bir mamlakatning bojxona xududidan ikkinchi mamlakatning bojxona xududiga tovarlarning harakatini amalga oshiradigan savdo turi. Trafik– saytga kiruvchilar soni. Fudkort (food court) – restoran yoki savdo markazining ovqatlanish hududi, fudkortda bir nechta tamaddixonalar bo‘lishi mumkin. Chellenj (challenge) – chaqiriq, bajarish lozim bo‘lgan topshiriqqa chorlov. Kollaboratsiya (collaboration) – umumiy manfaatga birga erishish uchun ikki yoki undan ko‘proq kishining sherikchiligi. Startap (startup) – ingliz tilidan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «start oluvchi», «boshlang‘ich» demakdir. Dastlab 1973 yilda «Forbes» jurnalida ishlatilgan. YOsh tadbirkorlar amalga oshirmoqchi, tezda muvaffaqiyatga erishish niyatida bo‘lgan loyihalar. VOD – Video-on-Demand – talab bo’yicha video. VR – Virtual reality – virtual reallik. Favikon – saytning firmenniy belgisi. Fishing – aldash yo’li bilan login va parolni olish ko’rinishidagi firibgarlik. Frelanser (Freelancer) - inglizcha free –ozod va lance – nayza so’zidan olingan bo’lib, shtatga turmasdan dunyoning ustalgan nuqtasida bir qancha firmalarning ishini bajarib beradigan shaxs. Front-ofis– web-sayt ko’rinishdagi elektron vitrina. Virtual reallik texnologiyasi (virtual reality – VR) – Real dunyoni virtual ko’rinishga, masalan, komp’yuterli grafika olamiga o’tkazadi. Qo’shimcha virtual reallik texnologiyasi (augmented reality – AR) – atrofimizdagi real dunyoni qo’shimcha elenetlar bilan birgalikda ko’rsatish texnologiyasi
Virtual moll(cybermall, e-mall) – bir portalda, bitta internet manzilda to’plangan bir qancha kompaniyalardan iborat bo’lgan on-layn katalog. Vishing – ovozli fishing – foydalanuvchi oldindan tanigan kompaniya nomidan shahsiy ma’lumotlar so’raladigan turdagi firibgarlik usuli. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva