Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Yangilik kiritish ma’nosining o’zgarishi evolyutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə53/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Yangilik kiritish ma’nosining o’zgarishi evolyutsiyasi
Iqtisodiyot rivojlanishi davrlari
Industriallashtirishdan oldingi iqtisodiyot
Industrial iqtisodiyot
Informatsion iqtisodiyot
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
Yangilik kiritishning ma’nosi
Yangi mahsulotlar
Yangitovarlar, yangibozorlar, yangitexnologiyalar (ishlabchiqarish, boshqaruvvaijtimoiy)
Yangi talablarni qondirish (yoki talablarni qondirishning yangi usullari)
Yangi raqamli boyliklar va foyda keltiradigan yangi raqamli vositalar yaratish
Iqtisodiyotningyalpiindustriallashtirishdanoldingidavridayangitarmoqlarrivojlanishibilanbog’liqbo’lganyangimahsulotlarvayangiliklaryaratilgan. Bularga misol sifatida kimyo sanoatida sun’iy tola va plastmassa paydo bo’lishini ko’rsatish mumkin. Industrial iqtisodiyot ishlab chiqarish unumdorligining tez sur’atlarda ko’payib ketishi oqibatida tovarlar soni xaddan tashqari ko’payib ketishi bilan tavsiflanadi. Informatsion iqtisodiyot davri o’ziga insonlarning yangi talablarini yaratadigan yangi mahsulotlar va yangi texnologiyalarni qamrab oladi. Masalan, komp’yuter texnologiyalarining paydo bo’lishi ularni yangi ish quroli sifatida ishlatish talabi tufayli hosil bo’lgan va ular esa o’z navbatida insonning yangi talablarini yuzaga keltirdi, shu jumladan, yangi mahsulotlar va hizmatlar, mehnat sharoitlari va yangi hayot tarsi yuzaga keldi. Raqamli texnologiyalar ijtimoiy muhitga faol ta’sir qiladigan bilimlar ishlab chiqarishning iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy darajasiga ta’sirini o’rganishda evolyutsiyaning eng yangi davrini
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ajratib olish mumkinki, unda raqamli usulda tavsiflangan ijtimoiy faktorlar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular inson jamiyati hayotidagi katta sifat o’zgarishlarga olib keladi.
Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi
Raqamli innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim nazariy yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya - institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi dunyo”ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Raqamli innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or
Toshkent Moliya instituti

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin