Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga nisbatan ham farqlash mumkin. Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so’ng paydo bo’ladigan raqamli iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va uni keng miqyosda ishlatish bilan bog’liq bo’ladi. Zamonaviy bilimlar va informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa, ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir.
4.2. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va miqyosini, qanday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:
Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar – yangi raqamli iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Raqamli ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi raqamli texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;
Raqamli ekologik innovatsiyalar – tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;
Tashkiliy-boshqaruv turidagi raqamli innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;
Siyosiy innovatsiyalar – siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga oshirish;
Huquqiy innovatsiyalar - yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;
Ma’naviy muhitdagiraqamli innovatsiyalar – ma’naviy faoliyat bilan bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini yaratish.
Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi raqamli innovatsiyalar turlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
Moddiy materialda aks ettirilgan raqamli innovatsiyalar (hard) – bularga misol sifatida raqamli yangi mahsulotlar, mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko’rsatish mumkin;
Moddiy materialda aks ettirilmagan raqamli innovatsiyalar (soft) – bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv bo’yicha o’zgarishlarni, fan tizimidagi paradigmalarning o’zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini ko’rsatish mumkin.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Yangilik darajasi bo’yicha raqamli innovatsiyalarni nimanidir yangilash, qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga bo’lish mumkin. Bunda raqamli innovatsion yangilik kiritish deganda, qandaydir yangilikning (yangi kontseptsiya, g’oya, texnik yechim va boshqalar) birinchi marta (jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki viloyat miqyosida kabilar) ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o’sha miqyosda tan olingan bolishi lozim. Raqamli yangilik kiritishni boshqacha sharoitlarga moslashtirish, yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik bo’lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish deganda originalni joylardagi konkret shart-sharoitlarga biroz o’zgarishlar kiritgan holda moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
Raqamli iqtisodiyotdagi yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:
Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan raqamli innovatsiyalar.
Ijtimoiy yo’nalishdagi raqamli innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga mansub bo’lishlari mumkin:
Iqtisodiy – raqamli olamdagi yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning progressiv tizimlari va boshqalar;
Tashkiliy-boshqaruv – yangi raqamli tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar;
Huquqiy – mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq qonunlardagi o’zgarishlarni raqamli ko’rinishda amalga oshirish;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Pedagogik – raqamli vositalarni qollagan holdagi yangi innovatsion-interfaol o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari.
Raqamli innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar, bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI asrlardagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu evolyutsiya natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (raqamliinnovatsion davr 2000-yildan so’nggi davr hisoblanadi):