Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə59/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

4.4. Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga javob bera olmayotganligini juda ko’pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan o’zgartirishning asosiy yo’llaridan biri – ta’lim tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim tizimidir (MOOC massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim tizimlari). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida Stenford universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda barcha istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu ma’ruzalar o’z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
imtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg’ulotlar esa faqat on-line ko’rinishida tashkil etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko’pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg’ulotlarga qatnashishini rejalashtirgan bo’lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo’lgan edi. Bunga o’xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo’q. Kun sayin yanada ko’proq tajribali o’qituvchilar va professorlar o’z ma’ruzalarini boshqalar bemalol foydalanishi uchun YouTube va iTunes tizimlariga yozib qo’yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa bo’yicha Garvard professori Maykl Sendel o’zining ma’naviyat haqidagi «Justice» deb nomlangan kursini haddan tashqari ommalashib ketgani tufayli internetdagi eng mashhur shahslardan biri bo’lib qoldi. Har yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi bilimlarni to’plash va ularni internet orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa joylashtirish bo’yicha yangidan-yangi ishlar qilinib, filantroplar va venchur tadbirkorlar buning uchun o’nlab million dollar mablag’lar ajratayaptilar. Ularning birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi insonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo’lishi kuzatilayapti. Professorlar Sebast’yan Trun va Piter Norvig larning ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon miqyosida bor-yo’g’i o’ntagina katta zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir vaqtning o’zida millionlab talabalar o’qitilishiga erishiladi. Tabiiyki, bunday biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga misol sifatida hozirgi paytda real ishlab turgan minglab ta’lim tizimlari orasidan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin