Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara oladigan real tadbirkorning mavjudligi; Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi “tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega:
Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan tushuntiriladi; Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega bo’ladilar; Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi; Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar. Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri texnologik platformalardir. Texnologik platforma– yangi tijoriy raqamli texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo’lgan ko’mak ko’rsatiladi. Klasterlar esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar.
Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. Raqamli texnologiyalar transferijarayonini tezlashtirish uchun mamlakatdagi korxonalarni olimlar bilan hamkorlikda yangi raqamli texnologiyalarni topa olishiga va olimlarning biznes topshiriqlarni bajara olishiga qiziqish uyg’otadigan mexanizmni yaratish kerak bo’ladi. Bu mexanizm sifatida raqamli texnologiyalar transferini amalga oshirish uchun tashkil qilingan konsortsiumlarga davlat tomonidan yordam berilishini ko’rsatish ham mumkin. Agarda korxona olimlar tomonidan ishlab
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo’lsa, uning ilmiy tashkilotlardagi mualliflari o’z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga tayyor bo’lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda raqamli texnologiyalarni oxirigacha yetkazish uchun ketgan mablag’larni to’liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur, ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan olingan foydaning bir qismiga ega bo’lishi nazarda tutilishi kerak (shundagina u konsortsiumda to’laqonli ishtirok etishga qiziqish bildiradi).
Raqamli innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning faolligi yuqorida keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan aniqlaniladi. Raqamli innovatsiyalar yaratish jarayonida innovatsion firmalar fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyot sohalaridagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.