Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə102/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

CGMiner –Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi. Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishini kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash imkoniyati ham uni boshqa dasturlardan farq qiladi. Diablo Miner – Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan barcha operatsion tizimlarda bir xilda ishlay oladigan va kriptovalyutalarni mayning qilishga mo’ljallangan saytdir. Ufasoft Miner–Ushbu dastur ishchi ko’rsatgichlarini sozlash mumkinligi tufayli mutaxassislar orasida ancha ommabop hisoblanadi. Har bir foydalanuvchi, o’z istak-xoxishiga ko’ra, video karta bo’yicha, yadrolar soni bo’yicha, oqimlar bo’yicha va pu’llar manzillari bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi mumkin. BFG Miner–Bu dasturda esa foydalanuvchilar qo’l rejimida pullarni sozlashi va komp’yuter ventilyatorining tezligini boshqarishi mumkin. Phoenix–Ushbu dastur juda samarador ishlaydiganlar qatoriga kiradi va ish unumdorligini 20% gacha ko’tarish imkonini beradi. Dasturni yuklash uchun kriptovalyuta mayningiga mutaxassislashgan saytlarining biriga kirish yoki shunday tematik forumlarga kirish talab etiladi. Solo-mayning jarayoni virtual pullarni mustaqil ravishda topishini anglatadi. Ammo, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, bu ish xozirgi davrda ancha murakkab bo’lib qoldi va uni yo’lga qo’yish uchun professoionalizm hamda yaxshigina investitsiya talab etiladi. Albatta ko’pchilik insonlar bunday miqdorda pul mablag’lariga ega emas, shuning uchun ham maynerlar “pu’l” deb atalmish guruhlarga birlashib ish yuritadilar. Pu’l-mayning – bir qancha kichik maynerlar o’zlarining resurslarini bir joyga yiqqan xolda kriptovalyuta mayningi bilan shug’ullanadilar. Bu yakka
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
xolda ishlagandan ko’ra ancha havfsizroq faoliyat turi hisoblanadi. Pu’l ni tanlash uchun tematik forumlarga o’tish va u yerdan xamkorlarni topish mumkin. Pu’lni tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo’ladi: •Foydalanuvchilarning ko’proq bo’lishi; •Umumiy hisoblash quvvati yetarli bo’lishi; • On-line resursning komission to’lovi kattaligi qandayligi. RDP-mayning–Bulutli deb nomlangan texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi kolletivizmga asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud:  Juda qimmat turadigan mayner qurilmalarini sotib olishning shart emasligi; Hisoblash quvvatlarini arzonga ijaraga olish yoki ularni doimiy ishlatish uchun qo’lga kiritish; Mayninglik faoliyatini kam mablag’ sarf qilgan xolda amalga oshirish; Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-sekin ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich ko’paytirish yoki olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham mumkin. Mayningning bulutli platformalarida boshlag’ich bonusni tekinga olish imkoniyati ham bor. Ushu bonus katta emas, ammo ishni boshlash uchun yetadi. Bu xolat esa reklama ro’lini o’ynab, mayning jarayoniga yangi kriptovalyutachilarni jalb qilishga yordam beradi. RDP-mayningda birlamchi bonusning miqdori bir ming dogikoin atrofida bo’ladi. Foydalanuvchi mayning faoliyatini boshlash uchun akkauntni faollashtirishi va bonusni hisoblash quvvatiga almashtirishi kerak. Shundan so’ng esa virtual pullarni ishlash jarayonini boshlash mumkin bo’ladi. Hisoblash quvvatining minimal hajmi bir AQSH dollarida tengdir. Mayning jarayonini boshlashdan avval, RDP-servisda qanday kriptovalyuta mayningi balan shug’ullanishingizni hal qilib olishingiz kerak bo’ladi. O’z xoxishingizga ko’ra, bitkoin, dogikoin,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bitcash, ethirium yoki laytkoinni tanlashingiz mumkin. Agarda yangi hisoblash quvvatlari sotib olsangiz, elektron hamyoningiz yanada tezroq virtual pullarga to’la boshlaydi. Virtual pullarni tizimdan chiqarib olish uchun foydalanuvchi o’zining virtual hamyoni nomerini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Pullarni tizimdan chiqarish bir necha kun davomida amalga oshadi.Shuni ham qo’shimcha qilish lozimki, mablag’ sarf qilmasdan turib, virtual pullarni mayning qilish qonun bo’yicha ta’qiqlanmagan, ammo bunda keyinchalik firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmaslik chora-tadbirlarini ko’rib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo tegishli forumlar orqali u yoki bu mayning loyihasi haqida ma’lumotlar yig’ish va tegishli hulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, katta mablag’ sarf qilmasdan turib kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul variant bulutli taxnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud, ular jumlasiga XMine, Multi-Coin, AroMine, BiteMiner va Bit-Lite larni kiritish mumkin. Bularda ham foydalanuvchi daromadi miqdorini ko’paytirish uchun o’z shaxsiy pullariga hisoblash quvvatlari sotib olishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi puldor bo’lsa, u kriptovalyutalar mayningi uchun biror bir sifatli dastur sotib olishi va solo-mayningni amalga oshirishi mumkin. 7.2. Kriptovalyutalar elektron tijoratidato’lov tizimlari Xozirgi zamondagi an’anaviy to’lov instrumentlari bo’lgan mamlakatlar valyutalari bilan amalga oshiriladigan internet tarmog’i orqali mamlakatlararo to’lovlarda bir qancha o’ziga xos muammolar mavjud. Bular jumlasiga, masalan, quyidagilarni kiritishimiz mumkin:  To’lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to’lash;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin