TRC (http://terracoin.org) - Terracoin Bu tizimda bloklar har 2 daqiqada generatsiya qilinadi va jami tizim tangalari soni 42 millionni tashkil qiladi. Murakkablik esa har 30 blokdan keyin qayta
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva hisoblanadi. Blok uchun mukofotlanuv 20 TRC deb belgilangan. Har 1 050 000 blokda mukofotlanuv ikki barobar kamayadi.
FTC (http://www.feathercoin.com) - Feathercoin Feathercoinlar - fork Litecoin hisoblanadi va u scryptdan hamda POW sxemadan foydalanadi. Bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami 336 million tanga mavjud. Murakkablik har 5040 blokda qayta hisoblanadi, blok uchun mukofot miqdori 200 FTC bo’lib, u har 8 400 000 blokda ikki marta kamayadi.
CNC (http://chncoin.org) - Chinacoin Chainacoin ham fork Litecoin hisoblanadi va u scryptdan hamda POW sxemadan foydalanadi. Bloklar har bir daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami 2 628 000 bloklar bo’lib, u 462,5 million tangani tashkil qiladi. Murakkablik har 5040 blokda qayta hisoblanadi, blok uchun mukofot miqdori 88 CNC.
RUC (https://www.rucoin.org) - Rucoin Ushbu kriptovalyuta tangalarni scrypt hamda sha256d sxemalari orqali generatsiya qiladi. Tarmoqning xakerlar xujumidan himoyalanish kattaligi 51% ga teng bo’lib, u mayningda generatsiya qilingan bloklarning katakchalari nomi bilan amalga oshirilgan. Xakerlar xujumi vaqtida tarmoq himoyalangan rejimga o’tadi va bloklarni faqatgina ishonchli tugunlardangina qabul qila boshlaydi. Hamyonlarning nomlari chiroyli va tranzaktsiyalar izoxlar orqali keltiriladi.
Konfidentsial to’lovlar uchun kriptografiyaning ilk bora ishlatilishi 1990 yildan Devida Chomning DigiCash tizimidan boshlangan. Afsuski, uning kompaniyasi 1998 yilda bankrotlikka uchragan. Ammo uning to’lov tizimi markazlashgan bo’lgani uchun saqlanib qolgan va «kriptovalyuta» atamasi birinchi marta Bitcoin pirring to’lov tizimi paydo bo’lganidan so’ng ishlatilina boshlandi. Ushbu tizim 2009 yilda Satosi Yakomoto ismli (psevdonomli) inson yoki shaxslar guruxi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tizim SHA-256 turidagi xeshlashtirishdan va proof-of-work tizimidan foydalanadi. Shundan keyingi yillarda Bitcoinga bog’liq bo’lmagan mustaqil kriptovalyutalar ham ishlatilina boshlandi. Ularni Bitcoin forklari deb ataladi. Masalan, Namecoin, Litecoin, PPCoin, Novacoin va boshqalar.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bulardan boshqa bir qancha forklar ham yaratilgan, ammo ularning Bitcoindan unchalik katta farqlari yo’q desa ham bo’ladi. Farqlari faqat emissiya tezligi va chegaralari yoki xesh-funktsiyalar algoritmlaridagina bo’lishi mumkin. Bunday turdagi ko’pgina forklar 2011-2014 yillarda Bitcoinning bozorda erishgan muvaffaqiyatlari tufayli vujudga kelgan deyishimiz ham mumkin. Kriptovalyutalarning boshlang’ich narxi uning generatsiya qilish uchun kompyuterga sarf qilingan elektr energiyasining bahosiga teng deyish mumkin. Kriptovalyutaning ikkilamchi bozoriy narxini esa unga bo’lgan talab aniqlab beradi. Bunday talab quyidagi amallar vositasida shakllanishi mumkin:
1) spekulyativ — investorniki (kriptovalyutani uni yanada qimmatroq sotish maqsadida sotib olish);
2) Kriptovalyuta to’lab, o’rniga qandaydir tovar yoki mahsulot olish;
3) Kriptovalyutani boshqa hisob raqamiga komissiyasiz (yoki 0,1% dan ham kamroq komissiya bilan) o’tkazish.
Bulardan tashqari, kriptovalyutaning bozoriy narxini xosil qilishda uning oxirgi emissiyasi qanday bo’lganligi ham ahamiyatga ega bo’ladi. Bitcoin tarmog’ini yaratgan Gevin Andrisen ham ba’zi bir kriptovalyutalarning firibgarlik mahsuli bo’lishi mumkinligidan o’z xavotirini bildirgan. Xozirgi davrda Bitcoindan boshqa hech qanday kriptovalyuta bunchalik keng miqyosda tarqalmaganligini ham aytib o’tishimiz kerak. Litecoin va Namecoin kriptovalyutalari boshqalarga nisbatan biroz kengroq tarqaldilar, ammo Bitcoinga yetishning uddasidan chiqa olmadilar. Boshqa barcha kriptovalyutalar ularning kurslarida biroz miqdorda spekulyatsiya qilish uchun ishlatiladilar va boshqa yerlarda ishlatilganlari xozircha kuzatilmadi. Asosiy kriptovalyutalar emissiyaning quyidagi umumiy miqdori doirasida amal qiladilar: (BTC) Bitcoin — 21 million kriptotanga va (LTC) Litecoin — 84 million kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni o’rganish yoki ular bilan ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar birjalari juda ham ko’p miqdorda. Masalan, BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, LiveCoin.net - zamonaviy bijasi, CEX.IO - birjasi, eCoin.eu - birjasi, GOC.io - kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, Cryptonit.net Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva kriptovalyutalar sotuvchi va sotib oluvchi birjasi, Kraken kompaniyasining birjasi, Bitfinex - AQSh dollari bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, BTC China - savdo xajmi bo’yicha dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, BitYes.com - AQSh dollari bilan katta miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi va boshqalar. Keyingi paytda rusiyzabon foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiladigan tizimlar ham tobora mashxur bo’lib bormoqda. Ularga bir marta kirasiz va unga a`zo bo’lganingizdan so’ng, savdo jarayonini tizimning o’zi avtomatik tarzda amalga oshiradi. Siz ham o’z omadingizni ushbu kriptovalyuta savdo tizimlarida bemalol tekshirib ko’rishingiz mumkin. Ammo savdo jarayonini boshlashdan avval kriptovalyuta turlarini va savdo amaliyotini mavjud trenajerlarda yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib olishingizni maslaxat qilar edik.Quyidagi tasvirda kriptovalyutalar olami o’ziga xos mozaikali tasvirlar vositasida keltirilgan va u kripto-olam to’g’risidagi o’quvchi tasavvurini yanada boyitish uchun hizmat qiladi:
Yuqoridaaytilganlardankelibchiqqanxoldashunita’kidlashkerakki, raqamlivalyutadegandashundayvalyutaturigaaytiladiki, bundayturdagivalyutaxozirgipaytdahamyoningizdabo’lganqog’ozko’rinishidagivalyutalardanfarqlio’laroq, faqatginaelektronko’rinishdabo’ladi. Ammo, xozirgidavrdako’pchilikinsonlarbitkoin, laytkoin, tokenvaethiriumlarkabielektronvalyutaturlaridanqandayfoydalanishnitushunavermaydilar. Demak, tabiiyravishdaquyidagisavoltug’iladi:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Elektronvalyutalarvositasidainternettizimiorqaliodatiypulkabito‘lovlaramalgaoshirishmumkinmi? Quyidashuvashubilanbog’liqbirqanchadolzarbsavollargajavobberishgaharakatqilamiz. Shuni ham aytish kerakki, bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar unchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani singari, bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holda butun bir boshli «mayning fermalari»dagi bir necha kunlik to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil bo‘layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21000 000) narxning ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi mumkinligi tufayli ushbu bitkoin tangalariga talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 yilning o‘zida yil boshiga nisbatan jadal o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (kurs 998 AQSh dollaridan 20000 AQSh dollarigacha o‘sdi).Bugun dunyodagi yetakchi birjalar va yirik banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo‘lga qo‘yishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Garchi kriptovalyutalarning gurkirab rivojlanishi butun jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimiga katta ta`sir qilgan holda mavjud bo‘lgan tizimni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, ayni paytda katta daromad ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishmoqda. Shuningdek, bitkoin tangalarini gurkirab rivojlanishidan eng ko‘p manfaat ko‘ruvchi insonlar – bu yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi investorlardir. Aynan shuning uchun ham hozirda bir nechta iqtisodi rivojlangan davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib ketishi oldini olish maqsadida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida qabul qilishmayapti.Bitkoinni xarid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda uni bir nechta maxsus birjalardan yoki umuman har qanday bitkoinga ega bo‘lgan ishtirokchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yo‘llari mavjuddir. Unda
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bitkoinning oldi-sottisi ishtirokchilarning o‘zaro kelishilgan narxlarida amalga oshiriladi. Agar to‘lovlar birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master Card kartalari orqali va Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal va boshqa elektron hamyonlar orqali kriptovalyutalarni sotib olish mumkindir.Hozirgi kunga kelib, birlamchi kriptovalyutalarga ma’lum bir usullar (mayning, forjing)dan foydalangan holda ega bo‘lish mumkin. Qolganlar esa virtual pullarnifaqatgina boshqalardan sotib olishlari mumkin. Buning uchun ular ma’lum miqdorda pul to‘lashlari yoki kriptovalyutani tovar yoki hizmatga almashtirishlari mumkin. Almashinuv hech qanday vositachilarsiz amalga oshirilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu ishni maxsus joylardagina amalga oshirish mumkin bo‘lib qolmoqda. Bu esa tabiiy ravishda kriptovalyutalar bozorini vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda kriptovalyutalar egalari ularni nafaqat haqiqiy pullarga balki boshqa turdagi virtual pullarga ham almashtirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.