Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə112/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

8.2. Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish
Endi kriptovalyutalarning investorlar uchun qanday qiyinchiliklar tug’dirishi masalasini ko’rib chiqamiz. Hozirgi davrda yangi raqamli texnologiyalar startap kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki tokenlar ko’rinishida juda katta investitsion mablag’larni jalb qilish imkoniyatini yaratayapti. Misol uchun, yuqoridagi bo’limda ko’rsatilganidek, raqamli pullarni birlamchi joylashtirish – ICO (initial coin offering) o’nlab million pullarni investitsiyalar uchun to’plash imkonini yaratayapganini bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish qilayapti. Ammo bu ishlarning manfiy oqibatlari ham vujudga kelishi ehtimoli bor albatta. ICO vositasida investitsiyalar jalb qilinadigtan startaplar bozorida yangi moliyaviy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
puffak paydo bo’lishi mumkin. Bunda emitentlar tomonidan hech qanday sarf-harajat qilinmagan xolda investorlar uchun yuqori darajada foyda olishlariga imkon yaratiladi. An’anaviy investitsion capital yig’ish usulida esa kompaniya kerakli kapitalni yig’a olish uchun uzoq yillar davomida aholining ishonchini qozongan bo’lishi kerak. Raqamli valyuta vositasida investitsion capital to’plash operatsiyasining qimmatli qog’ozlarni birlamchi aktsiyalar joylashtirish (anderrayting - birjalarda sotish) orqali amalga oshiriladigan an’anaviy usulidan asosiy farqi shundaki, bunda kompaniya sotuv uchun aktsiyalarni emas, balki tokenlarni (raqamli jetonlarni) chiqaradi. Buning uchun investorlar kriptovalyuta orqali to’lov qiladilar (masalan, bitkoin yoki laytkoin orqali). Mutaxassislarning fikricha, ICO emitentlari bu ishlarni qilayotganlariga katta tavakkalchiliklarga qo’l uradilar. Bu ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat boshqaruviga o’tgan paytda o’ta kuchayadi.
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platformadan foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga tokenlarni, ya’ni, qimmatli qog’ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Buning uchun blokcheynga tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal ID si bilan qo’shiladi. Emissiyadan so’ng, tokenlarning istalgan sondagisini blokcheyndagi biror bir hamyondagi kriptovalyutaga almashish mumkin bo’ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o’z tokenlarini oltin bilan yoki kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan, Ethereum bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o’z tokenlarini oltin standartiga bog’lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar bilan savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi esa o’z tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo’lgan moliyaviy mahsulotlarga bog’lab qo’ydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent va ularni sotib olishni istagan investorlar smart-kontrakt tuzishadi va buning asosida avtomatik blokcheyn-zanjirning ishtirokchilariga aylanadilar. Ushbu blokcheyn-zanjir doirasidagi kelishuvlar teskari kuchga ega emas. Token-kriptovalyuta oldi-sotti jarayoni quyidagicha tartibda amalga oshadi: Kompaniya dastur yordamida investorning hamyonini va investorga token jo’natiladigan hamyonni so’raydi. Kompaniya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
investordan kerakli summani olganidan so’ng, tranzaktsiya amalga oshirilgan hisoblanadi va smart-kontrakt ishga tushib, tokenlar xaridorga yetkazib beriladi. ICO tashkil qilgan kompaniya kroptoaktsiyalarni (tokenlarni) bankka yoki venchur investorga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri loyiha ishtirokchilariga sotadi. Demak, bu xolda loyiha ishtirokchilari kompaniya ishiga kuchliroq jalb qilinadilar, kompaniya mahsuloti va hizmatlaridan foydalanishga stimul oladilar hamda boshqa insonlarga ham bu mahsulotlarni taklif qilish foydaliligini tushunadilar. Chunki, kompaniyaning ishi qanchalik yaxshi bo’lsa, investorlar ham shunchlik ko’p foyda oladilar.
Kriptoaktsiyalarni birinchi bo’lib joylashtirgan kompaniya Mastercoin bo’lib, u 2013 yilda ICO yordamida $500 ming dollar pul yig’a olgan. Blokcheyn texnologiyalar rivojlanishi bilan bu mablag’ jalb qilish texnologiyasi yanada ko’proq qo’llanila boshlandi. TechCrunch ning ma’lum qilishicha, 2016 yilda umumiy summasi $103 млн bo’lgan 64 ICO ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda esa bir necha o’nlab kompaniyalar ICO tashkil qilinishi haqida xabar bermoqdalar, Shu jumladan, Rossiyaning SONM kompaniyasi kriptovalyutada $42 mln jalb qilishga erishdi. ICO lar tarixidagi burilish nuqtasi bo’lib Kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb nomlangan loyihasini ko’rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya birdaniga $152 mln investitsiya jalb qila oldi (buni ko’pincha kraudfunding deb atashadi). DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond bo’lib, uning boshqaruvi dasturiy ta’minot vositasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xodisadan so’ng, jahon miqyosida ICO lar tashkil qilish jarayoni juda ham tezlashib ketdi. 2017 yil 30 may kuni JacaScript tili va Mozilla brauzeri ishlab chiqqan Brendan Ayk yangiBrave brauzeri ishlab chiqsh uchun ICOmexanizmi orqali $35 mln yig’a oldi. Buning uchun Brendan BAT yoki Basic Attention Tokendeb nomlangan token yaratdi. Ushbu tokenlarning 1 milliarddan ortiqrog’i 156 000 Ethereum kriptovalyutasi birligiga sotildi (ko’pincha bu valyutani efir deb ham atashadi). Bu kriptovalyutaning bittasi narxi 2017 yil 23 iyun sanasiga $327,42 deb baholandi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin