Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva o taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
o blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda amaliyotda blokcheyn texnologiyalarni qo'llashning yangi yo'nalishlari va usullarini yaratish;
o iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga yo’naltirilgan blokcheyn-texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
o taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab-quvvatlash;
o blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
o Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish;
3. Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish.
davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information-kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash;
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr texnologiyasiga asoslangan umumdavlat raqamli platformalari ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish.
blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish.
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini osonlashtirishdir:
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar ko’z oldimizga keladi:
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi. Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy xolatga keladi:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter tarmog’i vositasida amalga oshiriladi:
Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:
Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan:
Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledgerni keltirishimiz mumkin (everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari amalga oshirilmoqda. 7.4. Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tavsifi Litecoin (Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyuta turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus yaratilgan saytida uni ko’pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo’lgan Bitcoinning evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11 dekabri xolatiga ko’ra BTC-Ebirjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va hizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin (agarda sotuvchilar bunga rozi bo’lsalar, albatta). Laytkoin o’zining bir qancha ko’rsatgichlari bilan Bitkoinga juda ham o’xshab ketadi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Mayning pullar topishning asosiy vositasi;
Tarmoqning markazlamaganligi va tarqoqligi;
Tizimda tashqi nazoratning mavjud emasligi;
Laytkoin emissiyasining algoritmik jihatdan chegaralanganligi;
Pulmablag’larigaanonimjihatdanegalikqilish mumkinligivaulardanfoydalanishninganonimliligi (bungatranzaktsiyalarhamkiradi);
Tranzaktsiyalarni rad etishning mumkin emasligi;
Mablag’larni tarmoqning bir qismi bo’lgan hamyon faylida saqlanishi.
Xuddi Bitcoin kabi, Litecoin ham C++ tilida yozilgan va mijoz uchun Windows, Mac OS X, Linux versiyalarida saqlanadi.