Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Kraudsorsing platformasi deb esa mahsus ishlab chiqilgan, ijaraga olingan yoki foydalaniladigan texnologik servisga tushunilib, uning yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni hamda moliyaviy mablag’larni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo’lgan mahsus avtomatlashtirilgan tizimga aytiladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida esa loyiha, mahsulot yoki hizmat turi tushunilishi mumkin. Bunda bir misol sifatida Rossiyaning 2010 yilda asos solingan Witology innovatsion kompaniyasini keltirish mumkin. Bu kompaniya o’z kraudsorsing platformasiga ega bo’lib, bu kompaniya o’z kraudsorsing texnologiyasi yordamida intellectual biznes masalalarini yechib berish bo’yicha hizmatlar taklif etadi. Hozirgi paytda tijorat, ijtimoiy va innovatsiya kraudsorsinglari mavjud. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan innovatsion kraudsorsingning asosiy korsatgichlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
 Ko’ngillilik asosida berilgan ishlarni bajaruvchi insonlar – kraudsorserlardir;
 Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog’ida bulutli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi;
 Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman xududlaridagi insonlardan iborat bo’ladi;
 Kraudsorserlrning ishlari natijasi iqtidodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan bog’liq innovatsion g’oyaning amalga oshirilishi (yechim, loyiha, mahsulot, mablag’ yoki hizmat) bo’lishi lozim;
 O’zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog’liq ravishda tijorat yoki notijorat ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, mahsulot yoki hizmatning sifatini oshirishga yo’naltirilgan innovatsion g’oyalarni qidirishga bag’ishlangan amalni innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi deyish mumkin. Shu o’rinda aytish kerakki, kraudfunding (crowdfunding) moliyaviy kraudsorsing texnologiyasi bo’lib, uning yordamida turli xildagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy mablag’lar yig’ilishi mumkin. Bu holda kraudfundingning oxirgi mahsuloti bo’lib, loyihani moliyalashtirish uchun yig’ilgan mablag’lar tushuniladi. Masalan, 2009 yilda Vikipediya o’z rivojlanishi uchun moliyaviy yordamga muhtoj bo’lganida, on-layn entsiklopediyalarining foydalanuvchilari uning uchun atigi 8 haftada 5,5 million evro yig’ib berdilar. AQSH dagi Kickstarteryirik venchur fondi esa 2014 yilning mart oyida turli xil loyihalar uchun bir milliard dollar hajmidagi mablag’ yig’a oldi. Rossiyadagi eng yirik kraudfunding kompaniyasi Planeta.ruesa halq tomonidan turli xildagi loyihalarni moliyalashtirishga 566 million rubldan ortiq mablag’ yig’ishga erishdi va natijada 2466 ta loyihani muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi. Biz ham huddi shunday loyihalarning amalga oshirilish mexanizmini o’rganib chiqqan holda, respublikamizda ham shunday katta loyihalarni amalga oshirishimiz kerak.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin