Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi WeToken kriptotokenlarida keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun, bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy yo’nalishlar taklif etish mumkin:
Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi (masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).
Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu platforma bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib qolmoqda (bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir). Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.Respublikaga innovatsion iqtisodiyotni tezkorlik bilan rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan ICO (Initial Coin Offering) mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Loyiha amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. Masalan, gipotetikUzCotton kriptovalyutasining (quyida keltirilgan barcha