Binary District deb nomlangan halqaro ta’lim platformasi ham sun’iy intellect, mashinaviy o’qitish va neyron tarmoqlarga bag’ishlangan intensiv kurslar taklif etgan. Kurs davomida talabalarga matnlar va tasvirlarni tanib oladigan masalalarni yechish uchun neyron tarmoqlaridan foydalanish usullarini hamda katta ma’lumotlar (big data) larni tahlil qilish uchun turli hildagi usullardan foydalanish bo’yicha ta’lim beriladi. Darslar haftasiga uch marta Moskvadagi Digital Octobermaydonchasida olib boriladi.
SberbankningSber Graduatedeb nomlangan loyihasida Sberseasons deb ataladigan stajirovkaga talabalar, magistrantlar hamda mutaxassislar qabul qilinadi va bu stajirovka Moskvada, Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Novosibirskda, Samarada va Voronejda o’tkaziladi. Bunda IT-yo’nalishlardan UX/UI design, Data Engineering, Java Script, Cyber security, Python development, Data science kabi fanlar hamda grafik dizayn, iqtisodiy modellashtirish usullari, biznes-analiz kabi alohida yo’nalishlar mavjud. O’qish jarayoni davomida talabalar Sberbankning turli xildagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda ham ishtirok etadilar.
New Professional Labta’limloyihasi«Специалистпобольшимданным» deb nomlangan amaliy kurs taklif etadi. Kursning dasturi algoritmlar, texnologiyalar va biznes deb nomlangan uchta blokdan iborat. Talabalar ma’lumotlarga ishlov berishni, analitik masalalarni yechishni va olingan bilimlarini amaliyotda qo’llashni o’rganadilar. Uch oylik o’qish muddatida talabalar 10 ta laboratoriya ishi topshiradilar va ikkita guruhiy loyihani bajaradilar. Darslar Moskva shaxrida
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva o’tkaziladi va talabgorlar Linux va chiziqli algebra asoslarini, Python da dasturlashni va SQL ni bilishlari talab etiladi. Bundan tashqari NewProLab da «Анализданныхна Scala» kursi ham ochilgan va u data-sayentistlarga, data-injenerlarga va scala-ishlab chiqaruvchilarga mo’ljallangan.