Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Masalan, Djordjiya universiteti o’qituvchisi Ashok Goel alohida o’quv kanalida talaba chat-boti uchun raqamli yordamchini ishga tushurgan. U Djil Uotson chat-botiga talabalar uchun to’g’ri va insonga hos javob tanlash uchun forumlardan 40 mingta ma’lumotni joylashtirdi. Bu algoritm talabalarga nafaqat uy vazifalarini bajarishga ko’mak beradi, balki smartfon yordamida darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishga ham imkon beradi. Xozirda Yotsonnikiga o’xshash botlar dunyodagi barcha yetakchi universitetlarga tadbiq qilinmoqda. Ulardan biri Oslodagi BI Norwegian Business Schooldir. Massachusets texnologiya instituti media laboratoriyasida ishlab chiqilgan Tega ismli robot o’quvchiga individual yondoshuv asosida ta’lim beradi. Ushbu ta’lim muassasasida talabalar ispan tilini Tega roboti bilan birgalikda planshet komp’yuterda o’yinlar vositasida o’rganishadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi sifatida emas, balki sinfdosh yoki kursdosh bilan birgalikda ta’lim olish ko’rinishida tashkil qilingan. Masofaviy ta’limning zamonaviy servislari ham yangi raqamli texnologiyalar vujudga kelishi bilan o’zgarib ketmoqda. Masalan, Duolingo servisi chet tillarni o’qitishda o’z botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va javobini tezlik bilan oladi. Ammo sun’iy intellektning tezlik bilan rivojlanishi chat-bot bilan va repetitor bilan bo’ladigan mashg’ulotlarni o’tmishda qoldirishi mumkin. Chet tillarni o’rganish uchun mo’ljallangan Parla dasturi ham sun’iy intellektga asoslangan raqamli o’qituvchi yaratishga bo’lgan katta bir qadam deyish mumkin. Undagi ta’lim texnologiyasi o’quvchining bilim darajasini tahlil qilgan xolda uning uchun individual ta’lim dasturini yaratadi va uni talabaga moslashtiradi. Bu tizimni ishlab chiqqanlarning fikricha, to’g’ri va xato savollarni, misol va masalalarning yechich tezligini, talabaning qiziqishini hisobga olgan xolda sun’iy intellect dasturi uning uchun o’qitishning individual yondoshuvini topa oladi. Parla va Mikrosoft kabi ta’lim dasturlari yaqin 5-10 yillar ichida mobil o’qituvchilar paydo bo’lishini anglatadi. Bu boradagi muammolarni o’rganish jarayonida bir savol tug’ladi: “Nega komp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb hisoblash mumkin?”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan,
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. PISA 2009 o’tkazgan izlanishlardan ham ma’lum bo’ldiki, Braziliyada 35% va Meksikada 70% oqituchilar sifatli ta’lim berish uchun yetarli bo’lgan malakaga ega emas ekanlar. Xindiston, Xitoy va Yaponiyada ham yuqori malakali o’qituvchilar soni unchalik ko’p emas. Bot.Me: A Revolutionary Partnershipdeb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov o’tkazilgan insonlarning 63% qismi sun’iy intellect bilan jihozlangan mashinalar insoniyatning ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar. An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika bo’yicha ta’limning online platformasi bo’lgan Third Space Learningdao’qituvchining talabalar bilan muloqotini tahlil qilgan holda sun’iy intellect algoritmlari asosida ta’lim jarayonini personalizatsiya qilish, ya’ni, talabalarga moslashtirishga haralat qilingan. “Men o’z raqamli yordamchimni qanday sifatda ko’raman?” degan savolga olingan javoblarni quida ko’rishimiz mumkin: