Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/3
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151535
  1   2   3
1-Mavzu Kompozit materiallar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT
ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
Fan: Kompozit qurilish materiallari tehnologiyasi
Samarqand – 2023

Mavzu: “Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari.

Reja:

1.1. Kompozitsion qurilish materiallarining o‘rni va roli.

1.2. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchala.

1.3. Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari.


Kompozitsion qurilish materiallarining o‘rni va roli.
Ushbu fan kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalariga oid masalalar, kompozitsion qurilish materiallarining turlari, xom ashyosi va ishlab chiqarish usullari, zamonaviy kompozitsion bog‘lovchi moddalar turlari va xossalari, fibrobeton turlari va ular asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi, asbestsement kompozitlar asosidagi buyumlar turlari va xususiyatlari, betonpolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘och-mineral asosidagi kompozitlar ishlab chiqarish asoslari va xususiyatlari, fibrolit va arbolit asosidagi buyumlar va ishlatilish sohalari, yog‘och-polimer kompozitlar klassifikatsiyasi, polimer kompozitsion materiallar haqida malumot va qo‘yiladigan talablari, jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
“Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari” fani ixtisoslik fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 2-3-kurslarda o‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida ushbu yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
“Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari” fani ixtisoslik fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 2-3-kurslarda o‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida ushbu yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qurilish umumiy narxining 50-60%-i qurilish materillariga sarflanadi. Qurilish materiallarini tayyorlash uchun har yili davlatimiz korxonalarida million tonnalab turli komponentlar qayta ishlanadi, tashiladi va ishlatiladi. Qurilish materiallari va umuman qurilish tan narxini pasaytirish uchun qurilish materiallari korxonalarini xom ashyo konlariga yaqin joyda qurish kerak, shunda tashish xarajatlarini minimallashtirish mumkin. Shu bilan birga mahalliy xom ashyolarni ishlatish katta iqtisodiy ahamiyatiga ega. Barcha qurilish materiallari va mahsulotlari sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha shu material va mahsulotga tuzilgan standart talablariga javob beradi. Bu standartlar ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida ishlab chiqiladi.
Ishlatilish doirasiga ko‘ra standartlar xalqaro (ISO), davlatlararo (GOST), respublika (O‘zDST), korxona (KSt) standartlari va texnikaviy shartlarga (TSh) bo‘linadi. Har bir standartda qurilish materialining aniq nomlanishi, markalar va navlar bo‘yicha sinflanishi, ishlab chiqarishga, sinash usullariga, saqlash sharoitlariga va tashishga bo‘lgan texnikaviy shartlari keltirilgan. Standart qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatdir. Davlatlararo (GOST) va davlat (O‘zDST) standartlari belgilanishidagi birinchi son standartining tartib raqamini, ikkinchisi esa standart tasdiqlangan yilni belgilaydi. Masalan, GOST 530-95 «Sopol g‘isht va toshlar».

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin