Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti


Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/3
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151535
1   2   3
1-Mavzu Kompozit materiallar

Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari
Konstruksion materiallar— bular binolarning yuk ko‘taradigan qismlarida ishlatiladi.
Bunday materiallarga quyidagilar kiradi:
1) tabiiy tosh materiallari;
2) mineral va organik bog‘lovchi materiallar;
3) sunʼiy tosh materiallari;
4) mineral bog‘lovchilar asosida olinadigan buyumlar (betonlar, temirbeton, silikat g‘isht va boshqalar);
5) pishirib olinadigan buyumlar (sopol materiallar va buyumlar, shisha, sitallar);
6) polimerlar;
7) yog‘och materiallar;
8) kompozitsion materiallar (asbestotsement, betonopolimer, fibrobeton, shisha plastiklar va h.k.).
Maxsus materiallar— bular bino va konstruksiyalarni atrof muhit taʼsiridan saqlash,
ishlatish xossalarini yaxshilash va qulayliklar yaratish uchun ishlatiladigan ashyolar bo‘lib, ularga qo‘yidagilar kiradi:
1) issiqlik izolyatsiya materiallari;
2) akustik (tovush izolyatsiya) materiallari;
3) gidroizolyatsion (namdan saqlaydigan) tombop va germetik materiallar;
4) pardozbop materiallar;
5) karroziyaga chidamli materiallar;
6) o‘tga chidamli materiallar;
7) radioaktiv taʼsirlarga chidamli materiallar.
Har bir material bir qator xossalarga ega bo‘lib, shu xossalarga ko‘ra ularning ishlatish
sohalari aniqlanadi.
Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida asosiy vazifalardan biri mahalliy xomashyoni ko‘proq ishlatish va undan olinadigan mahsulotni sifatini oshirishdir. Misol uchun mahalliy xomashyo bo‘lgan ohak va qum asosida silikat betonlar, mahalliy gil tuproqlar asosida har xil sopol ashyolar olish katta iqtisodiy samaralar beradi.
Kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish imkoniyatlari ko‘p: bular yengil buyumlar va konstruksiyalarni, xomashyo va sanoat chiqindilarini kompleks ishlatish, ishlab chiqarishda xomashyo, issiqlik va elektr energiyasini sarflanishi normalarini, transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Xomashyoni sarflashda ilmiy asoslangan normalarni ishlatish, kapital qurilishda sarf bo‘ladigan xom ashyolarni tejash qurilish-montaj ishlarining tannnarxini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Yangi, sifatli kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar va uskunalarning qo‘llanilishida texnikaviy progress katta imkoniyatlar yaratadi. Texnikaviy progressning asosiy yo‘nalishlaridan biri mahsulotning sifatini yaxshilashdir.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri-atrof muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu sohada qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Misol uchun, sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmo uzatgichlar qo‘llaniladi.
Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishda texnikaviy yutuqlarni keng joriy qilishda mahsulot sifatini oshirishda mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilarini atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida va bir qator boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar qurilish materiallari sohasidagi fan va texnika yutuqlariga asoslanib olib borilmoqda. Qurilish materiallari fanini boyitishda olimlardan V.M. Butt, Yu.M. Bajenov, V.D. Gluxovskiy, G.I. Gorchakov, V.A. Vorobyov, K.S. Ahmedov, N.S. Kansepolskiy, I.A. Ribyov, I.K. Qosimov va boshqa olimlarning xizmatlari juda kattadir.
Kompozitsion qurilish materiallarini yaratishdan maqsad bu – dastlabki komponentlarning mexanik, issiqlik-texnik, shuningdek kimyoviy chidamlilik, uzoq vaqt chidamlilik va boshqa xossalariga nisbatan ishlab chiqariladigan materialning shunday xossalarini yaxshilash, yoki material tannarxini sanoat chiqindilaridan foydalanish xisobiga pasaytirishdir.
Kompozitsion qurilish materiallari qatoriga qorishmalar, betonlar, sopol, lok-bo‘yoq materiallari, shishaplastiklar, fibrobeton, asbestotsement, yog‘och- tolali va yog‘och-qipiqli plitalar va boshqa ko‘pgina ko‘p komponentli materiallarni kiritish mumkin.

E’TIBORINGIZ

E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAXMAT !!!!!!


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin