Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti


Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/3
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151535
1   2   3
1-Mavzu Kompozit materiallar

Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
Kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan yana biri qurilishni qisqa muddatlarda olib borish imkoniyatini beradigan, qurilmalarning vaznini kamaytiradigan, qurilishning sifatini oshiradigan va tannnarxini
pasaytiradigan samarador ashyolar va buyumlar ishlab chiqarish deb belgilandi. Misol tariqasida har xil qurilish materiallaridan tayyorlangan devorning qalinligi va 1m2. yuzasining massasini solishtirib ko‘rish mumkin. Bu o‘rinda beton va yig‘ma temirbeton buyumlarni ishlatish ham katta ahamiyatga ega. Temirbeton buyumlar va qurilmalarning samaradorligi mehnat unumdorligini oshirish, qurilish muddatini qisqartirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun temirbeton buyumlar, shu jumladan oldindan zuriqtirilgan qurilmalar ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
Yengil metall konstruksiyalarini ishlatish-texnikaviy progress yulida katta
qadamdir. Bunda qurilish muddatini 15-20% qisqartirish, mehnat unumdorligini 20-25% oshirish, transport harajatlarini ancha kamaytirish mumkin. Ayniqsa alyuminiydan tayyorlangan qurilmalar sanoat va fuqaro qurilishlarida keng ishlatilmoqda.
Kompozitsion qurilish materiallari sanoatida kam energiya sarflanadigan texnologiyalarga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Masalan, quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish rivojlanmokda, chunki bu usulda portlandsement ishlab chiqarishda boshqa usullarga nisbatan 1,5-2 marta kam elektr energiyasi sarflanadi. Yangi, sifatli kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar va uskunalarning qo‘llanilishida texnikaviy progress katta imkoniyatlar yaratadi. Texnikaviy progressning asosiy yo‘nalishlaridan biri mahsulotning sifatini yaxshilashdir. Kapital qurilishda borgan sari ko‘proq yuqori markali sementlar, sifatli kompozit armaturalar, yengil, serg‘ovak betonlar, issiqlik izolyatsiya ashyolari ishlatilmokda. Yuqori sifatli qurilish ashyolarini ishlatish bino va qurilmalarning chidamliligini oshiradi va ularni ishlatish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri-atrof muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu sohada qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Misol uchun, sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmo uzatgichlar qo‘llaniladi

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin