Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi.
Aytish mumkinki, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bir necha million yillar avval odamzod o’rtasida ilk bor o’zaro
muloqatga kirishish usullari(turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo
bo’lishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka
shaxslar o’rtasidagina amalga oshirilgan. Nutq paydo bo’lishi bilan birga(taxminan 100 ming yil
oldin) odamlar miyasida axborot to’planishi imkoniyati yuzaga keldi.
Keyingi bosqichda, ya’ni yozuvning paydo bo’lishi(5-6 ming yil avval) insoniyatning
umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Aynan yozuvning paydo bo’lishi axborotlarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, saqlash va
yetkazish kabi to’liq jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli
axborotlarni moddiy tashuvchilarda kayd etila boshlandi.
Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari
bilan bog’liq.
4.3. Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
evolyutsiyasi
Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyasining
rivojlanishi axborotlarni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot-kommunikatsiya vositalarini


takomillashtirish bilan bog’liq edi. Ular axborotning nomoddiy tashuvchisi, ya’ni nutq paydo
bo’lgandan so’ng yuzaga kelgan. Buni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi
tarixidagi ilk «portlash» deb baholash mumkin edi. Taraqqiyotning keyingi fazasi – qog’oz kashf
qilingunga qadar axborotlarning moddiy tashuvchi vositalari o’zgarib bordi. Ya’ni, so’zlarni
toshga o’yib yozish orqali birinchi marta axborotni ko’z bilan ko’rib qabul qilish imkoniyati
yuzaga keldi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikda avvaliga loydan, so’ng yog’ochdan
yasalgan tablichkalarga yozishga o’tildi va bu axborot-kommunikatsiyalarga dinamik mazmun
kasb etdi. Papirusning kashf etilishi axborot tashish vositasining hajmini oshirdi va unga buyoq
qo’llash imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo
bo’lishi(eramizdan avvalgi III-asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» ro’y berdi: axborotning
eng maqbul tashuvchisi – kitob yuzaga keldi (IV-asr).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qog’oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu
paytda qog’oz (II asrda Xitoyda kashf etilgan) Yevropa mamlakatlarining sanoat ishlab chiqarish
obyektiga aylangan edi. Shundan keyingi davr axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
rivojlanishida katta rol o’ynadi. Shundan so’ng savdo va hunarmandchilik rivojlangach shahar
pochtasi, XV asrdan boshlab esa xususiy pochta (G’arbiy Yevropa), XVI-XVII asrlarda
markaziy qirollik pochtasi(Fransiya, Shvesiya, Angliya va boshqalar ) yuzaga keldi. Ushbu
barqaror kommunikatsiya tufayli axborot faoliyatiga yanada ko’proq odamlar jalb etilmoqda va u
yirikroq mintaqalarni qamrab olmoqda.
Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o’rtasida) axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo’ldi. Bu hol unga
ommaviylik olib keldi. Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi
bosqichi bo’lib qoldi. Ilmiy–texnik atamaning paydo bo’lishi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarida sifat o’zgarishini, ko’p nus’hada kitob, jurnal, gazeta, geografik xarita, texnik
chizmalarning chop etilishi esa miqdor o’zgarishini keltirib chiqardi.
XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog’liq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida pochta
aloqasining yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya(1879 y.), telegraf(1832 y.),
telefon(1876 y.), radio(1895 y.) kashf qilingan edi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay shaklda axborotlarni olish, saqlash va tezda
uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga keldi. Bu esa axborotlarni texnik, ijtimoiy
va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchiga aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob
bosqichida uning yetakchilik kuchini belgilab berdi. Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda
juda katta hajmda axborot to’planib qolishi va undan oqilona foydalana olmaslik masalasini hal
etish imkoniyati yuzaga keldi.
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste’mol qiladigan eng qimmatli
mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi
bosqichga keldi. Bu davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib qog’oz o’rnini
texnik vositalar egalladi. Endi axborotlarni uzatish(elektromagnit to’lqinlar yordamida) tezligi
og’zaki nutqqa nisbatan million marta ortib ketdi.
Intiusiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun’iy intellekt esa texnik
taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyati yuzaga keldi. Mashinaviy
dinamik axborot tizimlarining alohida ahamiyati jamiyat hayotida eng oldingi rejaga yanada
zamonaviy EHM va u bilan bog’liq texnologiyalarni yaratish muammosini qo’ydi. Insonlar
o’rtasida (endilikda inson va mashina o’rtasida) o’zaro axborot harakati mexanizmining
rivojlanish tarixi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha ilm sohalari rivojlanishining
yagona integrasiya tizimi sifatida tushunishga asos beradi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin