Samarqand davlat arxitektura-qurilish


(1 - rasm). Qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi va boshqaruv ishini avtomatlashtirish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

(1 - rasm).
Qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi va boshqaruv ishini avtomatlashtirish
tizimi konsepsiyasining evolyutsiyasi
Axborot tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichi orqali boshqaruvning avtomatlashtirilgan
tizimi konsepsiyasi paydo bo’ldi.
Ushbu konsepsiya bizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (BAT), g’arbda esa MIS
(Management Information Sistem) deb nom olgan.
MIS – bu kompyuter tizimi bo’lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan
axborotlar bilan o’z vaqtida ta’minlash uchun ko’plab manbalardagi ma’lumotlarni tanlash
hamda integrasiyalashga mo’ljallangan. Mazkur konsepsiyaning asosiy qoidalari:
- Axborotlarni yagona hisoblash markazida qayta ishlashni markazlashtirish;
- Xodimlar soni va qo’shimcha harajatlarni qisqartirish maqsadida ma’lumotlarni qayta
ishlashning apparat va dasturiy vositasidan foydalanish;
- Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tushunchalarining paydo bo’lishi.
Mazkur konsepsiya keyingi avlod tizimlarida foydalanila boshlandi. Shuni qayd etish lozimki,
barcha avlod tizimlari va ularning konsepsiyasining mohiyati o’sha davrda mavjud axborotlarni
qayta ishlashning texnik imkoniyatlari bilan aniqlangan.
Faoliyatni avtomatlashtirish tizimi taqsimlangan ma’lumotlar bazalarini amalga oshirgan.
Ortiqcha markazlashtirish bartaraf etildi. O’rta EHM bazasida lokal hisoblash tarmoqlari yuzaga
keldi. Qarorlarni qo’llab-quvvatlash axborot darajasida maqbul qarorlar qabul qilish uchun
alohida uslub va modellar qo’llaniladi.
OAS– bu xuddi shunday boshqaruv tizimi faoliyatining operasiyalar kompleksini bajaradigan
kompyuter tizimidir.
Keyingi bosqich–DDS tizimi. DDS–bu dialog kompyuter tizimi hisoblanib, boshqaruv
qarorlarini ishlab chiqish va tekshirish uchun ma’lumotlar bazasi va menejerning shaxsiy
Компьютер тизимларининг
интеграциялашуви
DDS – қарорларни
қўллаб-қувватлаш
тизими (1980 й.)
MIS –
автоматлаштирилган
бошқарув тизими
ЕS – эксперт тизими
(1980 й.)
ОАS – идора
фаолия-тини
автоматлаштириш
ТРS –
транзакцияларни
қайта ишлаш тизими


tajribasi bilan birgalikda boshqaruv obyektining rasmiylashtirilgan qoidalari va modellaridan
foydalanadi. Ko’rinib turibdiki, bu xildagi tizimlar nafaqat qaror qabul qilishning axborot
jarayonlarini ta’minlaydi, shuningdek, unda ishtirok ham etadi.
Axborot tizimi rivojlanishining cho’qqisi ekspert tizimlari (ES) sanaladi. Ekspert tizimi – bu
qaror qabul qilish vazifasini hal etish uchun ayrim rasmiy ko’rinishda taqdim etilgan bir yoki bir
nechta ekspertlar bilimidan foydalanuvchi kompyuter tizimidir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin