Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Qaror qabul qilishni qullab quvvatlash tizim va uning evolyutsiyasi. Aviakompaniya



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

7.3. Qaror qabul qilishni qullab quvvatlash tizim va uning evolyutsiyasi. Aviakompaniya
tizimi. Geografik tizim
Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyutsiyasi.
Menejerlarning
faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan bog’liq (masalan, firmani
rivojlantirish yo’nalishini tanlash, kompaniya faoliyatini avtomatlashtirish variantlari, ofis uchun
binoni tanlash, filiallarni joylashtirish variantlarini belgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib
olinadigan tovarlar turlari, asbob-uskuna turlari, kreditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga
nomzodlardan birini tayinlash). Bu birinchi galda axborot qarorlarni qabul qilish uchun talab
etiladigan yig’in zaruriyati bilan bog’liq. Axborotlarga ega bo’lish zarur, biroq to’g’ri qaror
qabul qilish uchun bu yetarli emas. Buning uchun predmet sohasini yaxshi bilish, qaror qabul
qilish ko’nikmasini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo’lishi lozim.
Shuning uchun ham ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspert-
mutaxassislarni jalb etish kerak bo’ladi. Biroq, ekspertlar bilimidan samarali foydalanish uchun,
birinchidan, qanday ekspertlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga qanday masalalarni qo’yishni
va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan qanday foydalanishni bilish kerak
bo’ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish vazifasi baribir menejer zimmasida qoladi.
Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa – bu alternativ (muqobil) variantlarni tanlash yoki
ularning bir nechtasini maqsadga yetishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko’ra qatorlashtirib
chiqish. Axborotlashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy maqsadi sifatida firma
rentabelligini oshirishni ko’rsatish mumkin. Variantlarni baholash mezonlari sifatida esa
axborotlashtirishga ketgan harajatlar, boshqa faoliyat turiga moslashish imkoniyati, axborotlarni
himoyalash imkoniyati, so’rovga javob berish tezligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va
hokazo omillarni qo’llash mumkin.
Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal
etishning ko’plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot tizimlari – qaror qabul
qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) orqali amalga oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan bo’lib vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi.
Mazkur tizim dialog ko’rinishidagi avtomatlashtirilgan tizimdir. U boshqaruvning axborot
tizimlaridagi muhim darajalardan(kategoriya) biri sanaladi. So’ngi paytlarda QQQT kichik
biznesda ham (masalan, savdo nuqtalarini joylashtirish variantlarini tanlash) qo’llanila boshlandi.
Umuman olganda, ular alohida yakka uslubni qo’llab-quvvatlash va menejerning shaxsiy
talablariga mos kelish imkoniyatiga ega.
Katta tijorat va davlat tashkilotlarida murakkab muammolarni hal etish uchun yaratilgan
tizimlar ham mavjud.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin