Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Elektron darslik
– bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni
dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio
va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud
dasturlarshtirilgan
darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini
qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har
tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning
o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun
kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar
faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik
shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video,
animasiya va qisman virtual (matn) shaklida, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini
ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Elektron kitoblarni
yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia
texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va
ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat
bo’ladi.
Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi;
o’qituvchi; imtihon oluvchi.
Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga yetkazib berish bilan
shug’ullanadi. Bunda
multimediali kitoblar
– bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga
jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan
bo’ladi.
Yarimmedia kitoblar
– bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni yetkazib
berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin