mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o’zaro muloqat
qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada
keng geografik
mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo’ladi.
5. Konvergensiya.
Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi
bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish,
shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq
yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi,
firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikasiyasi,
sanoat tarmoqlari, moliya sektori
va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
Shunday qilib, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu dunyo miqyosida jamiyat
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur tendensiyaning
biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:
·
har bir ish o’rnida resurslar yetarli bo’lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan
shaxsiy(personal)
hisoblashlarni amalga oshirish;
·
xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan
tizimini yaratish;
·
tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global kommunikatsiyalarga ega
bo’lishi;
·
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
·
tashkilot integrasiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish.
Dostları ilə paylaş: