Samarqand davlat arxitektura-qurilish


«Применить разметка слайда»



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

«Применить разметка слайда» bandidan kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:
- qatorli matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi.
- sarlavha, chap tomondan diagramma va o’ng tomondan matndan iborat bo’lgan slayd
tanlanadi.
Animasiyalarni sozlash. Animasiyalarni sozlash uchun «Показ слайдов» menyusidan
«Настройка анимации» buyrug’ini tanlaymiz. Ushbu «Настройка анимации» buyrug’ini
tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning
«Добавить эффект» – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki obyektimizga
yangi animasiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani tanlashimiz bilan
kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animasiyalarni kirishda yoki
chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin.
«Показ слайдов» menyusidan «Смена слайдов» bandiga murojaat etsak oynaning o’ng
qismida «Смена слайдов» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oyna orqali biz har bir slaydga yoki
alohida slaydlarga effektlarni belgilashimiz, ularga vaqt belgilashimiz va ovoz berishimiz mum-
kin.
Power Point dasturining o’zida bo’lgan rasmlar to’plamidan biror rasmni joylashtirish uchun
«Стандартный» panelidan «Добавить картинки» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash
yo’li bilan amalga oshiriladi. Power Point dasturida Windows qo’llab quvvatlagan har qanday
obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point dasturi menyusining
«Вставка» bandidan «Объект...» qismi tanlanadi.
Diagramma – bu jadvaldagi sonlarning grafik ifodasi bo’lib, taqdimotni yanada tushunarli
va ko’rgazmali ifodalashda juda muhim hisoblanadi. Uni tuzish quyidagicha bajariladi:
ü diagrammani qo’yish uchun zarur bo’lgan slayd umumiy ko’rinishidagi diagrammalar
bilan ishlash slaydlari orqali tanlanadi.
ü uskunalar panelidan
tugmachani bosib, kerakli ko’rinishdagi diagramma tanlanadi.
Parametrlarini o’rnatib, qiymatlari kerakligicha kiritiladi;
ü diagramma kattaligi o’zgartirilib, kerakli slaydga joylashtiriladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin