Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

Nazorat savollari
1. Microsoft Word dasturi ishchi oynasi vazifalarini aytib bering.
2. Asosiy menyu qatoriga nimalar kiradi ?
3. «Настройка» muloqot oynasi vazifalarini aytib bering.


4. «Настройка» muloqot oynasining «Параметры» bandi mazmunini aytib bering.
5. «Параметры страницы» oynasi tushintirib bering.
6. Word ADPda jadval, rasm va sxemalar chizishlarni tushuntirib bering.
7. Formulalarni kiritish tartibi nimalardan iborat ?
8. «Библиотека диграмм» oynasi tushintirib bering.
3-mavzu. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida
ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi
va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy) ta'lim texnologiyasi (2 soat).
Mavzu rejasi:
3.1. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar.
3.2. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar.
3.3. Multimedia texnologiyalari.
3.4. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari.
3.5. Distansion (masofaviy) ta'lim texnologiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: Ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert tizimlari, multimedia,
texnologiya, tarmoq, internet, internet xizmatlari, distansion ta’lim.
3.1. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar,
rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan
ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli
tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga
mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o’tish orqali
erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan
texnologiyalardir:
- SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;
- Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi
bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
- Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;
- Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng
foydalanishga;
- Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning
mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;
- Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;
- Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;
- Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;
- Telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanishga;
- Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin