Samarqand davlat arxitektura-qurilish


 Axborot texnologiyalarining ta'minoti



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

1.6. Axborot texnologiyalarining ta'minoti
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog’langan bo’lib, ular uchun
axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi
tushunchasi bir–biriga o’xshash ko’rinadi, aslida esa bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan
qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining
asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga yo’naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash
yo’li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog’i, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar
bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil
topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson – kompyuter tizimidir.


Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid axborot texnologiyasi
bilimlarini o’rganish talab qilinadi. Axborot texnologiyalari bilan axborot tizimlari bir-biri bilan
chambarchas bog’langan. Axborot texnologiyalari axborot tizimlarining tuzilmasida asosiy
tarkibiy qismi va uni tashkil etuvchi bir elementi sifatida namoyon bo’ladi. Axborot
texnologiyasi axborot tizimining muhitidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ammo
u mukammal texnologiya bo’la olmaydi, ya’ni zarurat tug’ilganda axborot tizimiga murojaatni
amalga oshiradi.
Axborotli texnologiya tizim sifatida ikki qismdan tashkil topadi:
a) ta’minlovchi qism;
b) funksional qism.
Ta’minlovchi qism tarkibiga kirgan quyi tizimlar axborotli texnologiyaning faoliyatini
belgilaydi va miqdoriy jihatdan qat’iy belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy ta’minot.
2. Axborot ta’minoti.
3. Matematik va dasturiy ta’minot.
4. Texnologik ta’minot.
5. Lingvistik ta’minot.
6. Ergonomik ta’minot.
7. Huquqiy ta’minot.
8. Texnik ta’minot.
9. Mutaxassislik ta’minoti.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin