Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti


Majhul nisbat qo’shimchalarini qo’shish orqali majhul nisbat



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə13/13
tarix25.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#102117
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ISTAK MAYLI

3.3 Majhul nisbat qo’shimchalarini qo’shish orqali majhul nisbat
yasash usuli
Quyidagicha majhul nisbat qo’shimchalari mavjud
Majhul nisbat qo’shimchalarini qo’shish orqali majhul nisbat yasash usuli deb o’timli fe’lga majhul nisbat qo’shimchasi ‘- 이- , - 히 - , - 리 - , - 기 - ’ larni qo’shib majhul nisbat yasash usuliga aytiladi. Majhul nisbat, umuman o’zlik nisbatning kesimi o’timli fe’l bo’lgan holatda mumkindir. Quyida majhul nisbat qo’shimchalari qo’shiladigan majhul nisbat bo’lgan fe’llarni ko’rsak.
가:

- 이 -’

놓다 > 놓이다

qo’ymoq – qoyilmoq

보다 > 보이다

ko’rmoq – ko’rilmoq

묶다 > 묶이다

bog’lamoq – bog’lanmoq

섞다 > 섞이다

aralashtirmoq – aralashtirilmoq

쌓다 > 쌓이다

yig’moq – yig’ilmoq

쓰다 > 쓰이다

yozmoq - yozilmoq

파다 > 파이다

kovlamoq - kovlanmoq

깎다 > 깎이다

kesmoq - kesilmoq

바꾸다 > 바뀌다

almashtirmoq - almashtirilmoq


나:

- 히 - ’

닫다 > 닫히다

yopmoq - yopilmoq

먹다 > 먹히다

yemoq – yeyilmoq

묻다 > 묻히다

ko’mmoq – ko’mimoq

박다 > 박히다

qoqmoq - qoqilmoq

밟다 > 밟히다

bosmoq - bosilmq

얹다 > 얹히다

ustiga qo’ymoq – ustiga qo’yilmoq

잡다 > 잡히다

ushlamoq - ushlanmoq

접다 > 접히다

buklamoq - buklanmoq

읽다 > 읽히다

o’qimoq – o’qilmoq


다:

‘ – 리 - ’

누르다 > 눌리다

bosmoq – bosilmoq

들다 > 들리다

ko’tarmoq – ko’tarilmoq

물다 > 물리다

ko’mmoq – ko’milmoq

밀다 > 밀리다

itarmoq – itarilmoq

풀다 > 풀리다

yechmoq – yechilmoq (muammo)

팔다 > 팔리다

sotmoq – sotilmoq

열다 > 열리다

ochmoq - ochilmoq


라:

‘ – 기 - ’

감다 > 감기다

yuvmoq – yuvilmoq (sochni)

끊다 > 끊기다

uzmoq – uzilmoq (aloqa)

안다 > 안기다

quchoqlamoq – quchoqlanmoq

찢다 > 찢기다

yirtmoq – yirtilmoq

쫓다 > 쫓기다

quvlamoq - quvilmoq

Bu majhul nisbat qo’shimchalarini olgan o’timli fe’llarning quyidagicha o’ziga xos xususiyatlari mavjud.


Birinchidan, majhul nisbat qo’shimchasi ‘이’ qo’shila oladigan o’timli fe’llar asosan unli bilan tugagan yoki padchimi ‘ㄱ, ㅎ’ bo’lgan fe’llardir.
Ikkinchidan, ‘히’ qo’shila oladigan o’timli fe’llarning padchimi ‘ㄱ,ㄷ,ㅂ,ㅈ,ㅊ’ bo’lgan fe’llardir.
Uchinchidan, ‘리’ qo’shila oladigan o’timli fe’llar padchimi ‘ㄹ’ bo’lgan fe’l yoki ‘걷다 (yurmoq), 듣다 (eshitmoq)’ kabi noto’g’ri fe’llar, ‘누르다 (bosmoq), 자르다 (kesmoq)’ kabi o’zagi ‘르’ bo’lgan fe’llardir.
Ammo, bu qo’shimchalar orttirma nisbat qo’shimchalari bilan o’xshash bo’lganligi uchun tashqi ko’rinishidan bir xil bo’lgan vaziyatlar ham bor. Bu paytda orttirma nisbat ishlatilganligini yoki majhul nisbat ishlatilganligini to’ldiruvchi borligiga qarab talqin qilish mumkin.
가: 보다 – 보이다
ㄱ: 저 멀리 바다가 보인다 . (피동)
(Uzoqdan dengiz ko’rindi.) (Majhul nisbat)
ㄴ: 영수가 순이에게 연필을 보여 주었다. (사동)
(Yongsu Suniga qalamni ko’rsatdi.) (Orttirma nisbat)
나: 읽다 – 읽히다
ㄱ: 책이 영희에게 읽힌다. (피동)
( Kitob Yongxui tomonidan o’qildi.) (Majhul nisbat)
ㄴ: 선생님이 영희에게 책을 읽히신다. (사동)
(O’qituvchi Yongxuiga kitob o’qitdi.) (Orttirma nisbat)
다: 들다 – 들리다
ㄱ: 그 사람 양손에 가방과 보따리가 들려 있었다. (피동)
(U odam ikki qo’lida sumka va tuguncha ko’tarib olgandi ).
ㄴ: 영감은 하인에게 짐을 들렸다. (사동)
(Chol xizmatchiga yukni ko’tartirdi.) (Orttirma nisbat)
ㄱ: 나는 어제 밤새 모기에게 뜯겼다. (피동)
(Men kechasi pashshalarga talandim.)
ㄴ: 목동이 소에게 풀을 뜯긴다. (사동)
(Cho’pon mollarga o’tni yedirdi.) (Orttirma nisbat)
‘ –아/어지다’ orqali majhul nisbat yasash usuli
‘ –아/어지다’ orqali majhul nisbat yasash usuli deb o’zlik nisbat gapi kesimiga ‘ – 아/어지다’ ni qo’shib majhul nisbatni yasash usuliga aytiladi. ‘ –아/어지다’ orqali majhul nisbat yasash usuli qo’shimcha orqali majhul nisbat yasash usuli bilan bir xil, kesimi o’timli fe’l bo’lgan vaziyatda bo’lishi mumkin. Hamda qo’shimcha orqali majhul nisbat yasash usuli orqali majhul nisbat yasab bo’lmaydigan o’timli fe’llarda majhul nisbat yasab beradigan vazifani bajaradi.

  1. 가: 기술자가 구두를 만들었다.

(Usta tufli tayyorladi.)
나: 구두가 기술자에 의해 만들어졌다.
(Tufli usta tomonidan tayyorlandi.)
(1가) dagi ‘만들다’(tayyorlamoq) fe’liga majhul nisbat qo’shimchasi qo’shib bo’lmaydi. Bu kabi o’timli fe’llarga (1나) dagidek ‘ – 아/어지다’ bilan majhul nisbat yasaladi. Ammo quyidagi (2) dagidek ‘ –아/어지다’ bilan majhul nisbat yasab bo’lmaydigan o’timli fe’llar ham bor. Bunday vaziyatda (2다) dagidek majhul nisbat qo’shimchasi va ‘ – 아/어지다’ni birgalikda foydalanilsa majhul nisbatni ifodalash mumkin.

  1. 가: 젊은이들이 소설책을 읽는다.

(Yoshlar roman kitobni o’qidi. )
나: 소설책이 젊은들에게 읽어진다. (X)
다: 소설책이 잚은이들에게 읽혀진다.
(Roman kitob o’quvchilar tomonidan o’qildi.)
Majhul nisbatning yasalishi
O’zlik nisbatni majhul nisbatga aylantirishda gapning tarkibi qanday o’zgarishiga e’tibor qaratsak.

  1. Qo’shimcha qo’shish orqali majhul nisbat yasash usuli:

가:

능동문: (o’zlik nisbat gapi)

경찰이(militsiya)

도둑을 (o’g’rini)

잡았다 (tutdi)




주어 (ega)

목적어 (to’ldiruvchi)

타동사 서술어 (o’timli fe’lli kesim)


나:

피동문: (majhul nisbat)

도둑이 (o’g’ri)

경찰에게/한테/에 의해 (militsiya ga/tomonidan)

잡혔다 (tutildi)

Gap bo’laklari:

새 주어 (ega)

부사어 (hol)

피동사 서술어 (majhul nisbatli kesim)

‘ – 아/어지다’ orqali majhul nisbat yasash usuli


가: 철수가 여수에 대한 오해를 풀었다.
(Cholsu Yongsu haqida noto’g’ri to’xtamga keldi.)
나: 영수에 대한 오해가 철수에 의해 풀렸다.
(Yongsu haqida Cholsu tomonidan noto’g’ri fikrga kelindi.)
다: 영수에 대한 오해가 철수에 의해 풀어졌다.
(Yongsu haqida Cholsu tomonidan noto’g’ri fikrga kelindi.)
(1) va (2) da ko’rganimizdek o’zlik nisbatni majhul nisbatga aylantirishda o’zlik nisbat to’ldiruvchisi majhul nisbat egasi bo’lib, o’zlik nisbat egasiga ‘- 에/ -에게’ yoki ‘ - 에’ qo’shib holga aylantiriladi, hamda o’timli fe’ldan iborat bo’lgan kesimga majhul nisbat qo’shimchasi yoki ‘ – 아/-어지다’ qo’shib, majhul nisbat yuzaga keltiriladi. Gapimizga yaxshilab e’tibor qaratsak, kesimi o’timli fe’l bo’lgan o’zlik nisbat, kesimi o’timsiz fe’l bo’lgan majhul nisbatga aylanayapti. Demak, majhul nisbat jufti bo’lgan o’zlik nisbat, kesimi o’timli fe’l bo’lgan gap bo’lib, kesimi sifat yoki o’timsiz fe’l bo’lgan gapni majhul nisbatga aylantirib bo’lmaydi. Ammo, o’zlik nisbatning egasini holga aylantirish holati biroz ko’proqdir. O’zlik nisbat egasi shaxs yoki hayvon bo’lganda oldindagi misoldagidek ‘ - 에게’ yoki ‘ - 한테’ ni oladi, hamda o’zlik nisbat egasi shaxs yoki hayvon bo’lmagan paytda quyidagidek ‘ - 에’ ni qo’shib yoki vosita yo usulni ko’rsatuvchi ‘(으)로’qo’shiladi.
가: 흰 눈이 온 들판을 덮었다.
(Oppoq qor dalani qopladi.)
나: 들판이 온 흰 눈 덮였다.
(Dala yog’gan oppoq qorga burkandi.)
다: 들판이 온 흰 눈으로 덮였다.
(Dala oppoq qorga burkandi.)
XULOSA
Har bir til o’zining ichki xususiyatlari, gramatik tuzilishi, qoidalari bilan ham boshqa tillardan ajralib turadi. O’zbek tilida besh xil fe’l nisbatlari mavjud. Ular: aniq nisbat, majhul nisbat, o’zlik nisbat, orttirma nisbat, birgalik nisbatlardir. Yuqorida tahlil qilganimizdek, koreys tilida ham fe’l nisbatlari mavjud bo’lib, ular to’rt xildir. Koreys tilida asosan orttirma va majhul nisbat ko’proq ishlatiladi. Qolgan ikki nisbat esa bir-biriga juda o’xshab ketadi. Koreys tilida orttirma va majhul nisbatlar, o’zbek tilidagi orttirma va majhul nisbatlarga deyarli o’xshab ketadi, ammo farqli tomonlari ham juda ko’pdir. Orttirma va majhul nisbatlar o’zbek tilidagi orttirma va majhul nisbatdan biroz murakkabroq bo’lib, ularda bu nisbatlar asosan ikki xil yo’l bilan qo’shimchalarni birikma yoki yakka holda qo’shish orqali hosil qilinadi. Yakka holda qo’shish bu ‘이, 히, 리,기..’ shu kabi qo’shimchalarni qo’shishdir. Bu kabi qo’shimchalar fe’l oxiri qanday tovush bilan tugashiga qarab qo’shiladi. Bunday holatda majhul nisbatni ifodalagan fe’llarda ko’rishimiz mumkin ekan. Misol uchun, ‘히’ qo’shila oladigan o’timli fe’llarning padchimi ‘ㄱ,ㄷ,ㅂ,ㅈ,ㅊ,’ bo’lgan fe’llardir.
‘리’ qo’shila oladigan o’timli fe’llar padchimi ‘ㄹ’ bo’lgan fe’l yoki ‘걷다, 듣다’(yurmoq, eshitmoq) kabi ‘ㄷ’ noto’g’ri fe’llar, ‘누르다, 자르다’ (bosmoq, kesmoq) kabi o’zagi ‘르’ bo’lgan fe’llardir.
Ammo bu qo’shimchalar orttirma nisbat qo’shimchalari bilan o’xshash bo’lganligi uchun tashqi ko’rinishdan bir xil bo’lgan vaziyatlar ham bor. Bu paytda orttirma nisbat ishlatilganligini yoki majhul nisbat ishlatilganligini to’ldiruvchi borligiga qarab talqin qilish mumkin.
Birikma tarzda esa ‘아/어지다’ ya’ni majhul nisbatga qo’shiladigan qo’shimcha ‘게 하다’ ya’ni orttirma nisbatga qo’shiladigan qo’shimchani qo’shishdir. Demak, birikma tarzida qo’shiladigan qo’shimchalarning qo’shilish chegarasi yakka tarzda qo’shiladigan qo’shimchalarga nisbatan kengroqdir.
O’zbek tilida esa orttirma nisbat “ -dir, -tir, -gir, -giz, -kiz “ kabi qo’shimchalar orqali, majhul nisbat “ –in, -il” kabi qo’shimcha orqali yasalish usuli bilan bu nisbatlarga o’xshab ketar ekan. Bu kurs loyihasida biz koreys tilida fe’l nisbatlarining qo’llanilishi, xususiyatlari, gapdagi vazifasi haqidagi masalalarga birozgina bo’lsada yechim topishga harakat qildik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Ilmiy adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevoridir. 1998.
2. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent. O’qituvchi, 1992.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent. Talqin, 2005.
4. Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, H.Doniyeva. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. Toshkent. “O’qituvchi”, 1980.

  1. Kim Dong Li. “Koreyscha-o’zbekcha lug’at” J.Koreya. Seul, 2002.

  2. Kim Chun Sig. 한국어 문법 강의안. – Toshkent, 2007.

  3. “Koreys tili gramatikasi” Kim Chun Sig. Toshkent, 2007.

  4. ‘외국어인을 위한 한국어 문법’ I-qism. 대한밈국, 서울, 커뮤니케이션북스, 2005.

  5. 교사용 지도서 문법. - 교육 인적 자원부, 2007년.

  6. 서강 한국어. Student book 3B. – 서강 대학교 한국어 교육원2005년.

  7. 동앙 새국어 사전. – 동아 출판사1992년.

  8. 한국어 능력시험. Topik,중급. – 시대고시기획2009년.

  1. Internet saytlar:

  1. http://koreanbooks.ucoz.ru

  2. http://www.geocities.com.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin