Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə1/13
tarix25.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#102117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ISTAK MAYLI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI TARJIMONLIK FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: ISTAK MAYLI VA UNING IFODALANISHI


Bajardi: __________________
Ilmiy raxbar: o‘qit. ________________
Samarqand – 2023
MUNDARIJA
Kirish..............................................................................................................3
Asosiy qism:
IBob KOREYS TILIDA NISBAT KATEGORIYALARINING ISTAK MAYLIDA IFODALANISHI..............................................................................5
IIBob KOREYS TILIDA ORTTIRMA NISBATNDA ISTAK MAYLI IFODALANISHI.....................................................................................................6

    1. Orttirma nisbatda istak mayli yasalish usuli............................................6

    2. Orttirma nisbatda yasaydigan qo’shimchalar.........................8

III Bob KOREYS TILIDA MAJHUL NISBATDA ISTAK MAYLI IFODALANISHI
3.1 Majhul nisbatda yasashning quyidagi usullari bor......................30
3.2 Majhul nisbat qoshimchalarida qo’shish orqali majhul nisbat yasash usuli...........................30
Xulosa...........................................................................................................40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...........................................................42
KIRISH
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyati tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir”
I.A.Karimov.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, juda ko’plab yuksaklikklarga erishib kelmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan jamiyat tajribasiga tayangan holda mamlakatimizni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan islohotlar mamlakatimizning yanada yuksalishiga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga ta’lim tizimiga ham katta ahamiyat berilib kelinmoqda. O’zbekiston hududida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, Samarqand davlat chet tillar institutida va boshqa ba’zi bir institutlarda ham koreys tiliga katta ahamiyat berilib, o’rgatilib kelinayotganligi diqqatga sazovordir. Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikasining nafaqat ta’lim sohasiga, balki iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalariga ham o’z hissalarini qo’shib kelmoqda. Koreya va O’zbekiston mamlakatlarining har tomonlama o’zaro do’stlik munosabatlarining rivojlanishi bugungi kunda nafaqat oliy o’quv yurtlarida, hattoki maktablarda ham o’quvchi yoshlar uchun koreys tili bo’yicha bilim olishga hamda, ularning o’z bilim va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llashi uchun ko’plab imkonuyatlar yaratilmoqda. Koreya ko’plab mutaxassislarni, biz talabalarning mukammal bilim egallashimiz uchun yurtimizga yuborilayotgani ham buning yorqin misolidir. Bundan tashqari yurtimiz talabalariga Koreyada ta’lim olib o’z tajribalarini orttirib kelishlari uchun ta’lim grantlari tashkil etilgan. Shu bilan birga koreys tili yo’nalishida ta’lim oluvchilar uchun “bilim saviyasini aniqlab beruvchi imtihon” joriy etilgan. Bu kabi imkoniyatlar biz talabalar uchun o’z bilim saviyamizni aniqlashimizga, o’z ustimizda yanada ko’proq ishlab, bilimlarni mukammal egallashga harakat qilishimizda turtki bo’lmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tilning o’ziga hos kelib chiqishi, rivojlanishi, grammatik tuzilishi mavjud. Masalan, fe’l nisbatlariga e’tiborimizni qaratsak, o’zbek tilida mavjud bo’lgan fe’l nisbatlari kabi koreys tilida ham fe’l nisbatlari bor. Koreys tilida bu nisbatlar ichida majhul va ortirma nisbatlar boshqa tillardagi kabi ko’p ishlatiladi. Orttirma nisbat shaxs yoki predmetning o’zining harakati emas, balki boshqaga qildirishda, boshqa shaxs yoki predmet harakatini vujudga keltirish yoki o’zga shaxsni ifodalashda qo’llaniladi. Bunday ma’no ifodalagan gap orttirma nisbat deyiladi. Majhul nisbatda shaxs o’zi biron bir harakatni bajarishi emas, balki harakat boshqa shaxs orqali amalga oshishi yoki o’sha holatni ifodalashda ishlatiladi. Bunday ma’no ifodalagan gap majhul nisbat deyiladi. Koreys tilida bundan tashqari o’zlik nisbati bilan bosh nisbat ham mavjud bo’lib, ular uncha ko’p qo’llanilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida ta’kidlaganidek, “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart ”- degan satrlari bugungi kundagi shaxdam qadamlar bilan ildam odimlayotgan yurtimizning kelajagi hisoblanmish yosh avlod tarbiyasiga e’tibor juda yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. Zero – kelajak yoshlar qo’lidadir.
I.A.Karimov.
Barkamol avlod orzusi. Toshkent.
“Sharq” 1999 y.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin