Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti


Orttirma nisbat yasaydigan qo’shimchalar



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə4/13
tarix25.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#102117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ISTAK MAYLI

2.2 Orttirma nisbat yasaydigan qo’shimchalar
Oldingi misollarda ko’rganimizdek koreys tilida orttirma nisbat bosh nisbatga orttirma nisbat ma’nosini beradigan qo’shimchalar –이, -히, -리, -기, -우, -구, -추kabilar qo’shilib yasaladi. Bu kabi orttirma nisbat qo’shimchalari majhul nisbat qo’shimchalaridan farqli ravishda o’timli va o’timsiz fe’llarga, sifatga qo’shila oladi, lekin hamma fe’l, sifatlarga qo’shilmay, orttirma nisbat qo’shimchalari qo’shilmaydiganlari ham ko’pdir.
Orttirma nisbat qo’shimchalari qo’shiladigan fe’l va sifatlarni jadvalini ko’rsak:
(3) 자동사가 사동사가 되는 경우
( Bosh nisbaning orttirma nisbat bo’lgan holati )

{이}

죽다 > 죽이다

o’lmoq - o’ldirmoq

속다 > 속이다

aldanmoq – aldamoq

녹다 > 녹이다

erimoq – eritmoq

끓다 > 끓이다

qaynamoq – qaynatmoq

{히}

눕다 > 눕히다

yotmoq – yotqizmoq

앉다 > 앉히다

o’tirmoq – o’tqizmoq

익다 > 익히다

pishmoq – pishirmoq

{리}

날다 > 날리

uchmoq – uchirmoq

돌다 > 돌리다

aylanmoq – aylantirmoq

살다 > 살리다

yashamoq – yashatmoq

얼다 > 얼리다

muzlamoq – muzlatmoq

울다 > 울리다

yig’lamoq – yig’latmoq

{기}

남다 > 남기다

qolmoq – qoldirmoq

웃다 > 웃기다

kulmoq – kuldirmoq

숨다 > 숨기다

yashirinmoq – yashirmoq

{우}

깨다 > 깨우다

uyg’onmoq – uyg’otmoq

삐다 > 비우다

bo’shamoq – bo’shatmoq


(4) 타동사가 사동사가 되는 경우
(O’timli fe’l orttirma nisbat bo’lgan holat)

{이}

먹다 > 먹이다

yemoq – yedirmoq

보다 > 보이다

ko’rmoq – ko’rsatmoq



{히}

업다 > 업히다

opichlamoq - opichlatmoq

입다 > 입히다

kiymoq – kiydirmoq

읽다 > 읽히다

o’qimoq – o’qitmoq

잡다 > 잡히다

ushlamoq - ushlatmoq

{리}

알다 > 알리다

bilmoq – bildirmoq

물다 > 물리다

tishlamoq - tishlatmoq

{기}

감다 > 감기다

yuvmoq – yuvdirmoq (sochni)

뜯다 > 뜯기다

uzib tashlamoq – uzib tashlatmoq

벗다 > 벗기다

yechmoq - yechdirmoq

안다 > 안기다

quchoqlamoq - quchoqlatmoq

{우}

지다 > 지우다

ustiga ortmoq – ustiga ottirmoq


(5)형용사가 사동사가 되는 경우
(Sifat orttirma nisbat bo’lgan holat)

{이}

높다 > 높이다

yuksak - yuksaltirmoq

{히}

넓다 > 넓히다

keng - kengaytirmoq

좁다 > 좁히다

tor - toraytirmoq

밝다 > 밝히다

yorug’, oydin -oydinlashdirmoq

{구}

달다 > 달구다

qizimoq - qizdirmoq

{추}

낮다 > 낮추다

past - pasaytirmoq

늦다 > 늦추다

kech qolmoq - kechiktirmoq

Oldingi namunadagidek koreys tilida hamma bosh nisbat fe’llari orttirma nisbat fe’llarini yuzaga keltirishi emas, balki orttirma nisbat yasaydigan qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan so’zlar ham bor.


(4) 가: 학생이 집에 간다.
(O’quvchi uyiga ketdi.)
나: 선생님게서 학생을 집에 가신다. (X)
(O’qituvchi o’quvchini uyiga yubortirdi.) (X)
(5) 가: 동생이 여자 친구를 마났다.
(Ukam yoqtirgan qizini uchratdi.)
나: 내가 동생에게 여자 친구를 만나이었다. (X)
(Ukamga yoqtirgan qizini uchratgizdim.) (X)
Bu misolning har birida ‘가다’ (bormoq) ,’만나다’ (uchratmoq) kesimdir. Lekin bu gaplarda (4), (5) dagi kabi orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilib orttirma nisbat kesimi bo’la olmaydi. Bu bilan birgalikda orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shib bo’lmaydigan fe’llarda ‘주다, 받다, 드리다, 바치다’ (bermoq, olmoq, taqdim qilmoq, havola qilmoq ) kabi 수여 (taqdim qilish) fe’llari va ‘만나다, 닮다, 싸우다’ (uchratmoq, o’xshamoq, janjallashmoq ) kabi 와, 과 kerak bo’ladigan fe’llar, ‘배우다, 느끼다, 바라다’ (o’rganmoq, his qilmoq, tilamoq) kabi 경험 (tajriba) fe’llari, ‘이기다, 던지다, 지키다, 때리다’(g’olib bo’lmoq, uloqtirmoq, qo’riqlamoq, urmoq) kabi fe’l o’zagiga unli ‘ㅣ’ bilan tugaydigan fe’l, hamda ‘노래하다, 도착하다, 출발하다’ (kuylamoq, yetib kelmoq, jo’nab ketmoq) kabi ‘하다’ (qilmoq) qo’shiladigan fe’llar ham bor. Bu fe’llarga orttirma nisbat qo’shimchasini qo’shib bo’lmaydi. Bosh nisbat ‘주어+형용사+서술어’ (ega+sifat+kesim) tuzilishda bo’lgan holatda unga to’g’rl keladigan orttirma nisbat misoli quyidagi kabi o’xshash.

  1. 가 : 담이 높다. (Devor baland.)

나: 사람들이 담을 높였다. (Odamlar devorni baland qildi.)
다: 사람들이 담 {을/이} 높게 했다
(Odamlar devorni baland qildi.)
Bosh nisbat fe’liga orttirma nisbat qo’shimchasi ‘-이, -히, -리, -기, -우, -구, -추’ va ‘-게 하다’ kabilar qo’shilgan kesim ishlatilib bosh nisbatdan orttirma nisbat yasalishini oldingi misollarda ko’rdik. (1나) da (1가) ning egasi, to’ldiruvchi bo’lib yangi ega ‘사람들이’(odamlar) paydo bo’lib, sifat ‘높다’ (baland)ga orttirma nisbatning ma’nosini beradigan qo’shimcha “-이” qo’shilib yuzaga kelgan gapdir. Tashqaridan qaraganda bosh nisbatdagi orttirma nisbatdagi jarayondek, lekin sifat harakati yoki holatini yuzaga keltirmagani sababli (1가) va (1나) ning munosabatini bosh-orttirma nisbat munosabati deb bo’lmaydi. Shuning uchun (1나) ga o’xshash gaplar orttirma nisbatdek ko’rinmay, kesimi o’timli fe’l bo’lgan sodda gapdek ko’rinadi. Ammo (1가) dagi (1나) ni yuzaga keltirgan jarayon bilan farq qilmay, (1나) ning ma’nosi ish-harakat yoki predmetning ‘qanday qilinganligini’, ya’ni orttirma nisbatning ma’nosini yuzaga keltirib, bu yerda ikkala misolda ham orttirma nisbat ifodalangan.
Bosh nisbatdagi fe’lga orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilgan holatda bosh nisbat fe’liga orttirma nisbat qo’shimchasi bitta qo’shilishi, ba’zi fe’llarga orttirma nisbatning ikkita qo’shumchasi birin-ketin qo’shilishi ham mavjud. Bunday so’zlar asosan ‘ㅣ’ unlisi bilan emas boshqa unli bilan tugaydi. Masalan:
(2) 가:

서다

서+ㅣ 우

세우다

turmoq-turgizmoq

자다

자+ㅣ우

재우다

uxlamoq-uxlatmoq

타다

타+ㅣ우

태우다

minmoq-mindirmoq

차다

차+ㅣ우

채우다

to’lmoq-to’ldirmoq


나:

크다

크+ㅣ우

키우다

katta-kattartirmoq

Bu paytda (2나) dagi kabi o’zagi unli ‘ ㅡ ’ bilan tugagan holatda orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilganda unli ‘ ㅡ ’ tushib qoladi. Yana bu orttirma nisbat qo’shimchalaridan tashqari kam uchraydigan ‘-애-’, ‘ - 시 - ’, ‘ – 으키 - ’,


‘ – 이키 -’ bilan o’xshash maxsus orttirma nisbat qo’shimchasi fe’l yoki sifatga qo’shiladigan vaziyatlar ham bor.
(3) 가:

없다

없+-애

없애다

yo’q – yo’qotmoq

적다

적+-시

적시다

kam – kamaytirmoq

일다

일+-으키

일으키다

rivojlanmoq rivojlantirmoq

돌다

돌+-이키

돌이키다

aylanmoq – aylantirmoq

Bu holatda qo’shimchalar so’zga har biri alohida-alohida qo’shiladi. Ammo, ikkita bir xil qo’shimcha birdan qo’shilmaydi.


접미사에 의한 사동문은 어떻게 만들까?
( Qo’shimcha orqali orttirma nisbat qanday yasaladi?)
Qo’shimcha qo’shish bilan orttirma nisbat yasash usuli orqali orttirma nisbatni yasash usulida kesimi sifat yoki o’timsiz fe’l bo’lgan vaziyat va kesimi o’timli fe’l bo’lgan vaziyatlar bir-biridan farqlidir. Avval kesimi sifat yoki o’timsiz fe’l bo’lgan bosh nisbatdagi gapni orttirma nisbatga aylantirish vaziyatida gapning tuzilishi qanday o’zgarishini tahlil qilib ko’raylik. “주어+서술어” (ega+kesim) shaklida tuzilgan sifat yoki o’timsiz fe’l gapi orttirma nisbatga aylantirishda bosh nisbatdagi gapning egasi orttirma nisbatda bosh nisbat mavjud bo’lmagan yangi ega paydo bo’ladi, hamda bosh nisbatdagi gapning kesimiga orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilib orttirma nisbatga aylanadi. Bu kabi sifat yoki o’timsiz fe’lning orttirma nisbat bo’lishida kesimdan foydalanilsa o’timli fe’l kabi uning oldidagi to’ldiruvchiga tegishli bo’ladi.
(6) 서술어가 자동사인 경우
(Kesim bosh nisbat bo’lgan holat)
가:

주동문 (bosh nisbat gapi)

아기가 (bola)

운다 (yig’ladi)

Gap bo’laklari:

주어 (ega)

자동사 서술어 (bosh nisbat kesimi)


나:

사동문 (orttirma nisbat gapi)

동생이 (ukam)

아기를 (bolani)

울린다 (yig’latdi)

Gap bo’laklari:

새 주어 (ega)

목적어(to’ldiruvchi)

사동사 서술어 (orttirma nisbat kesimi)

(7) 서술어가 형용사인 경우
(Kesim sifat bo’lgan holat)
가:

주동문 (Bosh nisbat gapi)

길이 (yo’l)

넓다 (keng)

Gap bo’laklari:

주어 (ega)

형용사 서술어 (sifat kesim)


나:

사동문(Orttirma nisbat gapi)

아저씨들이 (amakilar)

길을 (yo’lni)

넓혔다 (kengaytirdi)

Gap bo’laklari:

새 주어 (ega)

목적어 (to’ldiruvchi)

사동사 서술어 (Orttirma nisbat kesimi)

Yuqorida ko’rganimizdek (6) va (7) gaplarda bosh nisbat gapining egasi ‘아이가’ (bola) va ‘길이’(yo’l) har biri orttirma nisbatning to’ldiruvchisiga aylanib, bosh nisbatda mavjud bo’lmagan yangi ega ‘동생이’ (ukam) va ‘아자씨들이’ (amakilar) paydo bo’ladi va kesim ‘울다’ (yig’lamoq) va ‘넓다’(keng) o’zagiga orttirma nisbat qo’shimchasi ‘-리-’ va ‘-히-’ qo’shilib orttirma nisbatga ya’ni ‘울리다’ Yig’latmoq va ‘넓히다’ (kengaytirmoq)ga aylanadi.


Quyida kesimi o’timli fe’l bo’lgan bosh nisbat gapini orttirma nisbatga aylantirishda gapning tuzilishi qanday o’zgarishini tahlil qilsak. ‘주어+목적어+서술어’ (ega+to’ldiruvchi+kesim) shaklida tuzilgan bosh nisbat orttirma nisbatga aylanishida bosh nisbatning egasi orttirma nisbatda to’ldiruvchi yoki qo’shimcha ‘- 에게’ qo’shiladi va holga aylanib, bosh nisbatning to’ldiruvchisi to’gridan-to’g’ri orttirma nisbatning to’ldiruvchisi bo’ladi va bosh nisbatda mavjud bo’lmagan yangi ega orttirma nisbatda paydo bo’lib bosh nisbatning kesimi orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilib orttirma nisbatga aylanadi.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin