Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti


I BOB KOREYS TILIDA NISBAT KATEGORIYALARINING ISTAK MAYLIDA IFODALANISHI



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə2/13
tarix25.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#102117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ISTAK MAYLI

I BOB
KOREYS TILIDA NISBAT KATEGORIYALARINING ISTAK MAYLIDA IFODALANISHI
Koreys tilida fe’l nisbatlari to’rt xil bo’lib, ular: 능동사(o’zlik nisbati), 주동사(bosh nisbat),피동사(majhul nisbat), 사동사(orttirma nisbat)lardir.
Yuqoridagi nisbatlarda o’zaro o’xshashlik mavjud. Masalan, 능동사va주동사bir-biriga juda o’xshab ketadi. Ularni deyarli ajratib bo’lmaydi. 능동사o’zbek tilidagi o’zlik nisbatiga o’xshab ketadi, ya’ni ish-harakat sub’yekt tomonidan bajarilib, yana sub’yektning o’ziga qaytadi.
이 글씨는 아무리 지우려고 해도 지워지지 않습니다.
(Bu yozuvni qanchalik o’chirmoqchi bo’lsam ham o’chmadi)
Bu gapda지우다(o’chirmoq) fe’li능동사(o’zlik nisbat) fe’li hisoblanadi. 주동사o’zbek tilidagi bosh nisbatga o’xshaydi, ya’ni fe’l anglatgan harakatni bajaruvchi shaxs sub’yektga teng bo’ladi.
내가 아기를 보는 동안 아기가 웬일인지 자주 울었습니다.
(Men chaqaloqqa qarab turganimda bolakay negadir tez-tez yig’ladi.)
Bu ikki nisbat (주동사 와 능동사)da hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi. Ammo orttirma va majhul nisbat (사동사 와 피동사)larning ifodalanishi boshqa tillarga nisbatan biroz murakkabroqdir. Koreys tilida majhul va orttirma nisbatni vujudga keltiradigan qo’shimchalar bo’lib, ular fe’lga yakka (단형), ya’ni ‘ 이,히,리,기….’ va ‘게하다 ’ ‘아/어지다’ kabilar esa, birikma (장형) tarzida qo’shiladi. Ammo hamma fe’llarga ham ‘이,히,리,기...’ kabi yakka tarzdagi qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydi. Koreys tilida barcha fe’llarga yakka tarzda qo’shimchalarni qo’shish orqali majhul va orttirma nisbatlarni ifodalab bo’lmagani sababli, ba’zi bir fe’llarga birikma tarzidagi qo’shimchalar qo’shiladi. Bundan tashqari, qo’shimchalar birin-ketin qo’shish ham mumkin. Ammo, yakka tarzda qo’shiladigan qo’shimchalar birdan ikki marta qo’shila olmaydi. Yakka tarzdagi qo’shiladigan qo’shimchalar fe’l oxirida tugagan tovushlarga qarab qo’shiladi. Masalan, majhul nisbat qo’shimchasi ‘이’ qo’shila oladigan o’timli fe’llar asosan unli bilan tugagan, yoki padchimi ‘ㄱ, ㅎ’ bo’lgan fe’llardir.
Masalan, 놓다 - 놓이다,(qo’ymoq-qo’yilmoq,) 섞다 – 섞이다(aralashtirmoq-aralashtirilmoq).
Ammo orttirma va majhul nisbatni ifodalash uchun fe’lga qo’shiladigan yakka tarzdagi qo’shimchalar bir-biri bilan o’xshash bo’lganligi sababli, majhul va orttirma nisbat shakliy jihatdan bir-biriga o’xshab bir xil bo’lishi mumkin, bunda gap ma’nosiga qarab ajratiladi. Bular bilan birgalikda orttirma nisbat ma’nosini bera oladigan ba’zi bir fe’llar ham bor. Masalan, ‘하다’ bilan tugagan ba’zi bir gaplarni olaylik, bunda ‘하다’ o’rniga ‘시키다’ qo’yish orqali orttirma nisbatni ifodalash mumkin. Biroq hamma ‘하다’ bilan tugagan fe’llarni ham bunday ‘시키다’ fe’li bilan almashtirib bo’lmaydi.


Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin