Uchinchisektor - dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko’rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo’llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi).
Faol (aktiv) saylov huquqi- fuqaroning saylanadigan davlat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga saylash huquqi.
Feminizm- lot. femina-ayo’l; erkaklar bilan ayo’llar huquqlarini tenglashtirish uchun faoliyat yuritadigan ayo’llar harakati.
Feminizm- lot. femina-ayo’l; erkaklar bilan ayo’llar huquqlarini tenglashtirish uchun faoliyat yuritadigan ayo’llar harakati.
Fikr erkinligi– bu jamiyat a’zosi bo’lgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy munosabatlarga ega bo’lgan mustaqil fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa muassasalar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan turli tazyiqlardan muhofaza qiladigan ijtimoiy muhit.
Fiskal - ingl. fiscal policy; lot. fiscus - savat;kassa, kazna, moliya, soliq- byudjet siyosati hukumat siyosati, yaыin istiqbolda barqaror iqtisodiy tizimni ta’minlash va biznes-sikllarni tebranishini kamaytirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga aralashuv usullaridan biri; fiskal siyosatining asosiy quroli davlat byudjetining daromadlari va harajatlari, ya’ni: soliqlar, transfertlar va davlat sotib olgan tovarlar va xizmatlar.
Forum- lot. forum;vakillar majlisi, qurultoyi, kongressi; qadimgi Rimda xalq majlisi o’tkazilgan maydon.
Fraksiya - lot. fractio-buzish, sinish, darz ketish; parlament a’zoligiga yoki boshqa vakillik organlariga saylangan deputatlar birlashmasi.
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining hududiy asosi - fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzish, birlashtirish, tugatish hamda ularning chegaralarining o’rnatish va o’zgartirish tartib- qoidalarini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.