Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi -O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari bilan kafolatlanadigan ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishning tashkiliy asosi - o’zini o’zi boshqarishhuquqining instituti sifatida o’zini o’zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.
Fuqarolarning o’zini o’ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi - fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining o’z mablag’laridan, ushbu organlarga xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari belgilangan tartibda ajratgan byudjet mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lardan tashkil topadi.
Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog’liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir.
Fuqarolik jamiyati – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida tegishli fuqarolik institutlari orqali faol ishtirok etishi ta’minlangan ijtimoiy makondir.
Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.
Fuqarolik mas’uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish.
Funksiya - lot. functio-faoliyat, o’tash, bajarish; faoliyat, majburiyat, ish, tayinlash, burch, vazifa, topshiriq.
Funksiya - lot. functio-faoliyat, o’tash, bajarish; faoliyat, majburiyat, ish, tayinlash, burch, vazifa, topshiriq.
Dostları ilə paylaş: |