Samarqand davlat chet tillar instituti


-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə120/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
Majmua 2023 yangi

9-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy


taraqqiyot.
Madaniy uyg‘onish (renessans). Mamlakat hududida sodir bo‘lgan renessanslar (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati. Xorazm Ma‘mun akademiyasi. Yangi O‘zbekiston uchinchi renessans tomon tutilgan yo‘l. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi. Amaliy san’at, rassomchilik, teatr va kino san’ati. Turizm sohasining rivojlanishi.

10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. O‘zbek va qoraqalpoqlar xalqi do‘st va birodar xalqlar. Qoraqalpog‘istonda amalga oshiralayotgan keng qamrovli islohotlar va uning mohiyati.

11-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati


O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi. O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. 2021 yil Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda o‘tkazilgan sammiti natijalari. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi. “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar.


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin