Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə47/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
Majmua 2023 yangi

2-masala:
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
1991-yilning aprel oyiga kelib, Markaz o`zining tasir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo`ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bolmaydigan choralar to’g’risida» qo`shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika+Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bolganini korsatadi.
1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o`rtasida uchrashuv boldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo`ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jonatildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federasiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi boldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bolgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma» ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jonab ketdi.
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakkahokimligini cheklaydigan va kamida oltita respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qo`shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar yedi. Prezident M.Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991-yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e`lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo`q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vise-prezident G.I.Yanayevga o’tkazilganligi e`lon qilindi. Aslida yesa Prezident M.S.Gorbachyov sog-salomat edi, ammo ozini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni o`z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo`ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qomitasi (GKChP) tuzildi.
1991-yil 18-avgustda mamlakatda favqulodda holat elon qilindi. Favqulodda holat davlat qo`mitasi faoliyatiga qarshi B.N.Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to`xtatildi, keyinchalik ta`qiqlab qo`yildi. Ammo KPSS Markaziy Qomitasi joylardagi partiya qomitalaridan to`ntarishni qo`llab-quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir necha yirik shahar kochalariga qo`shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar taqiqlab qo`yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi toxtatildi.
Shuni ta`kidlash lozimki, mamlakat aholisining kopchiligi Favqulodda holat davlat qomitasidan yuz o`girdi, armiya payt poylash pozisiyasida turdi. 20- avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida barrikadalar paydo boldi, ularda o`n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy bo`linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga o`tdi. 21-avgustda fitnachilar maglubiyatga uchradi, 22-avgustda esa Favqulodda holat davlat qo`mitasi (GKChP) a`zolari qamoqqa olindi. Shundan so`ng to`ntarishni qo`llab-quvvatlagan KPSS rahbariyati bu partiyaning obro`sini uzil-kesil yerga urdi. Favqulodda holat davlat qo`mitasining mag`lubiyatidan so`ng mamlakatda kommunizmga qarshi ommaviy namoyishlar bo’lib o’tdi. KPSSning faoliyati to`xtatib qo`yilgach, partiyaning qariyb 15 million azosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik bildirish uchun ko`chaga chiqmadi. Bu mazkur partiya 1991-yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
Moskvada fojiali hodisalar roy bergan paytda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. Prezidentimiz 1991-yil 19-avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qa`tiy tarzda O’zbekiston nuqtayi nazarini ma`lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bolgan har qanday korsatmalarni bajarishni man etdi. 20-avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
1991-yil 21-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo`mitasining O’zbekiston Konstitusiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e`lon qilindi.
Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qomitasi faoliyatiga o`z munosabatini bildirmagan, qorqoq va prinsipsiz mavqyeda turgan KPSS Markaziy Qomitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning shani va qadr-qimmatini zarba ostiga qo`yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalgitishga va davlat to`ntarishini qollab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo`lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qo`mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to’g’risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati maqulladi.
O’zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo`mitasi qonuniy ravishda O’zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo`shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga boysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qomitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qoshinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qoshilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.Sobiq Ittifoqning rasmiy jihatdan tugatilishida 1991-yil 8-dekabrda Belorussiyaning Belaya Veja Pushchasida Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari tomonidan imzolangan O’zaro bitim muhim ahamiyat kasb yetdi. Bitimda 1922-yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman elon qildilar. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subekti sifatida barham topdi va M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan istefoga chiqdi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin