Vatanparvarlik– Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo’lida fidoyilik ko’rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g’ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg’udir. Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo’lida fidoiylik namunalarini ko’rsatishga qodir bo’lgan shaxslarga xos fazilat.
Verbal – (lot.) og’zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning sub’ektiv jihatiga bog’liq emasligiga ishoraqilinmoqda.
Veto – (lot. taqiqlayman) davlat boshlig’i yoki parlament oliy palatasining qonun chiqaruvchi tashkilot qabul qilgan qonunni kuchga kirishini bir muddatga to’xtatib qo’yish yoki uni kuchga kiritmaslik huquqi: mutloq veto, kechiktiruvchi veto.
Vijdon erkinligi– ijtimoi-falsafiy tushuncha; har kimning o’z e’tiqodiga ko’ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo’yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi.
Vijdon erkinligi –fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqi.
Genezis - yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo’lish, tashkil topish jarayoni.
Gildiya tizimi– (nem. korporatsiya) elitalarni shakllantirish tizimlaridan biri. Unga 1) epiklik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash, yuqoriga siljishning pog’onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko’plab rasmiy shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi; 4) mavjud etakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi sigarilar xos.
Gipotetik– faraz qilingan, taxmin qilingan.
Global - fran. global-umumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo’ylab.
Global - fran. global-umumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo’ylab.
G’oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr