Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo’lishini, jamiyatning evolyusion rivojlanish yo’lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot. Liga- lot. ligare-bog’lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar, alohida shaxslar ittifoqi.
Lobbi - lot. lobyy-kuluar; jamiyatdagi ma’lum bir siyosiy doiralar, kuchli iqtisodiy tizilmalar manfaatlarini ifodalovchi, ana shu manfaatlarni amalga oshirish parlament va mansabdorshaxslarga bosim o’tkazishga intilayotgan guruhlar. Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o’zlashtirish va o’zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu
boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo’llari va uslublari majmui.
Madaniyatli odam– o’qimishli, zamon talablari asosida kiyinish va muomala me’yorlariga amal qiluvchi, ahloq normalariga to’la amal qiladigan, ilg’or falsafiy g’oyalarga ega bo’lgan, jahon madaniyati durdonalaridan xabardor bo’lgan shaxsga aytiladi.
Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi.
Manfaatlar - lot. interest ahamiyat kasb etish, muhim; ob’ektiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bo’lgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik bag’ishlaydigan, kimgadir foyda keltiradigan narsalar.
Manfaatlar guruhlari- unga a’zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar.
Marginal – (fr. «marginal») ikkinchi darajali, oxirgi, chetda turuvchi; siyosatshunoslikda – oldingi ijtimoiy aloqalarini yo’qotgan, yangi hayot shart- sharoitlariga hali moslasha olmagan, qandaydir ijtimoiy guruhlar orasida yoki eng chekkasida turgan ijtimoiy odam, jamiyatning sirtida qolgan: lyumpen, miskin va hokazo.
Mahalliy (yoki munitsipal) boshqaruv -ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining manfaatlarini ifodalaydigan va saylab qo’yiladigan organlar hamda ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga molik ishlarni boshqarish.