Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə108/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139
Majmua 2023 yangi

Transformatsiya - lot. transformatio – o’zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni o’zgartirish, faroliyatning maqsadli yo’nalishini o’zgartirish.
Tred-yunionistik nazariya- ijtimoiy sheriklikning mhnat munosabatlarini tartibga solishi to’g’risidagi nazariya
Tripartizm-ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasidagi kelishuv.
O’zini o’zi boshqarish (ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish); u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlari tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig’inlari kiradi.
O’zini o’zi boshqarishning asosiy prinsiplari - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o’zini o’zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog’liq bo’lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g’oyalar yig’indisidir.
Uklad - tartib, tarz; ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning asosiy xo’jalik shakli.
Umumbashariy qadriyat dunyo xalqlarining ko’pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik vayohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo’llaniladigan tushuncha.
Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo’lishidan qat’i nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo’lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.
O’ng - siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim.
Universal – (lot. universalis –umumiy); har tomonlama, keng qamrovli, ko’plab maqsadlar uchun yaroqli, turli vazifalarni va funsiyalarni bajara oladigan.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin