Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə111/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Majmua 2023 yangi

Xalq - (arab. yaratilgan jonzot, odamlar) –keng ma’noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug’ va boshqalarni ifoda etuvchi tushunchadir. Xalq - birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o’z taqdirini o’zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan.
Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan bog’liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi.
Xartiya – (yun. qog’oz, yorliq) o’rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo’lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo’lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Huquq - davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat tomonidan
o’rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin