Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə112/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Majmua 2023 yangi

Huquqiy davlat - huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma’suliyatlarini his qilishlari, o’z navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi ma’suliyatlarini his qilishlari kerak. Bu ma’suliyatni oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi.
Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib, hozirgi davrda ilg’or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylangan.
Shok terapiyasi (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi, inflyasiya, bandlikning pasayishi va shunga o’xshash boshqa holatlar) o’z ichiga oluvchi radikal chora-tadbirlar majmuasi.
Evolyusiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kelish) – tizimning rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo’lib, birinchi galda jamiyatga xosdir. Unga ko’ra, jamiyatda asta-sekin yuz berayotgan o’zgarishlar tizimga, uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funksiyalari sifatli o’zgarishiga olib keladi.
Egalitarizm- fran. egalite-tenglik; umumiy tenglashtirishni jamiyatni tashkil etishning prinsipi g’oyasiga asoslangan ijtimoiy-siyosiy fikr yo’nalishlaridan biri.
Elat - bir tilda so’zlashuvchi, o’ziga xos madaniyati mavjud bo’lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o’z tuzilmasiga ega bo’lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat- kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi.
Elektoral - lot. elector-saylovchi; saylanadigan, tanlanadigan.
Elektorat – saylovlarda ma’lum siyosiy partiyaga (siyosiy lider)ga ovoz beruvchi saylovchilar davrasi; ma’lum bir saylov okrugi yoki mamlakat saylovchilari majmui.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin