Samarqand davlat chet tillar instituti
Seminar mashg'ulotlari multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir o'qituvchi tomonidan o'tkazilishi lozim. Mashg'ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o'tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo'llanilishi maqsadga muvofiq. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar: O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida). Amir-Temur buyuk davlat arbobi. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun va mohiyati. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar) Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. O‘zbekistonni halqaro reytinglardagi ko‘rsatgichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati. Siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Yüklə 2,66 Mb. Dostları ilə paylaş: |