Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə70/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139
Majmua 2023 yangi

Ma’lumot tariqasida aytish mumkinki, 2017 yilgacha oliygohlarda o’qish uchun davlat grantlari soni faqat qisqarib kelgan bo’lsa, oxirgi olti yilda bu boradagi ahvol butunlay o’zgardi. Grantlar soni 2 baravar ko’payib, 40 mingtaga yetdi. Magistratura uchun esa
5 baravar ko’paydi.
Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang’ich kasb-hunarga o’qitilishi ham belgilanmoqda.
Nogironligi bor bolajonlarimizga o’z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ko’zda tutilyapti. Shuning uchun, bunday imkoniyatlar inklyuziv ta’lim sifatida Konstitusiyaga kiritilmoqda. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun muhim kafolatdir.
Konstitusiyada davlatning o’qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o’sishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish majburiyati kuchaytirilyapti. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o’qituvchilarning professional o’sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro’sini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o’zini o’zi boshqarish, tadqiqotlar o’tkazish va o’qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitusiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o’qituvchilar va talabalarning o’quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keyingi yillarda ko’plab nodavlat oliy o’quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oliy o’quv yurtiga akademik
va moliyaviy mustaqillik berildi.
Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning to’laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitusiyaviy mustahkamlanmoqda. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va mo’tabarligini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Endi farzandlar tarbiyasi, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota-ona majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to’laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning burchi sifatida belgilanmoqda.
Konstitusiyada har kimning mehnati uchun hyech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to’lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo’lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda. Mazkur normaning Konstitusiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini ta’minlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga ega.
Loyihada homiladorligi yoki bolasi borligi bilan bog’liq sabablarga ko’ra ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo’shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi belgilanmoqdaki, bular davlatimizda gender tengligi prinsiplari to’laqonli amal qilishiga olib kelishi tayin.
Bundan tashqari, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag’allikni qisqartirish choralarini ko’rishi ham mustahkamlanmoqda.
Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag’batlantirishi qayd qilinmoqda. Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag’allik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambag’allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo’yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko’rilishiga konstitusiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.
Konstitusiyada bolalar mehnatining bolaning sog’lig’iga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi belgilanmoqda. Shukrki, bugungi O’zbekistonda uzoq yillar yurtimizning xalqaro imidjiga salbiy ta’sir qilib kelgan majburiy mehnatga to’liq barham berildi.
Loyihada har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi mustahkamlanyapti. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo’lishi mumkin emasligi belgilab qo’yilmoqda.
Bu degani, hozirning o’zida 2 million 200 ming ehtiyojmand oilalar davlatdan kafolatli moddiy yordam oladi, deganidir.
Bu – jami oilalarning 25 foiziga to’g’ri keladiki, ayni xarajatlar uchun har yili 11 trillion so’m ajratiladi.
Konstitusiya loyihasida O’zbekiston – huquqiy davlat,
deb belgilanmoqda.
Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab faoliyat ko’rsatishiga asos bo’ladi.
Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bo’lishi shart va zarur. Bunga ko’ra, inson va davlat o’rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinadi.
Konstitusiyada davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo’llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo’lishi kerakligi mustahkamlanmoqda. Qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hyech kimning zimmasiga o’z roziligisiz yuklatilishi mumkin emasligi qayd etilyaptiki, ushbu norma odamlar hayotini yanada yengillashtiradi.
Hujjat loyihasida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bu norma fuqarolarimizning doimiy ravishda davlat himoyasida ekanligiga ishonchini mustahkamlashga, o’z yurtidan chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarning saqlab qolinishi hamda rivojlanishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi ta’kidlanyapti. Ushbu norma chet ellarda yashayotgan, ishlayotgan, ta’lim olayotgan vatandoshlarimizni Vatani bilan doimiy aloqada bo’lishiga, tili, madaniyatini saqlab qolish hamda rivojlantirishiga, ona yurti – O’zbekistonning obro’sini yanada oshirishga o’z hissasini qo’shishiga xizmat qiladi.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqda
Xususan, O’zbekistonda o’lim jazosi taqiqlanmoqda. O’lim jazosini taqiqlashni konstitusiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilanyapti. Ya’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog’liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yo’l qo’ymaslikka qaratilgandir. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan “Xabeas korpus” institutini qo’llanish ko’lami yanada kengayadi.
Ilk bor shaxsni ushlash chog’ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o’ziga qarshi ko’rsatma bermaslik (xalqaro e’tirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi berilmoqda.
Har kimning yozishmalari, telefon orqali so’zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv o’tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo’l qo’yilishi belgilab qo’yilmoqda.
Har kim o’z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqliligi belgilanyapti. Ushbu qoidaning mazmun-mohiyati shundaki, fuqarolar o’z buzilgan huquq va erkinliklarini, o’zgalar huquqlarini buzmagan holda, mustaqil himoya qilish huquqiga ega. Yagona shart – bu fuqarolar tomonidan o’zini himoya qilishda qo’llaniladigan usullar yoki choralarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan bo’lishidir.

Konstitusiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaymoqda


Birinchi marotaba har kim O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo’lingan bo’lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligi mustahkamlanmoqda. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasi nafaqat milliy qonunchilikda belgilangan normalar, balki xalqaro huquq asosida ham himoyalanishini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari, har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o’rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga egaligi qayd etilmoqda.
Konstitusiyada aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerakligi qayd etilmoqda. Mazkur norma to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi qoida bo’lib, tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni ta’minlaydi hamda shaxsni asossiz ravishda javobgarlikka tortilishdan himoya qiladi.
Qolaversa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi mustahkamlanmoqda, hyech kim o’ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi belgilanmoqda. Bu qoidalarning Konstitusiyada belgilanishi jinoiy ta’qib ostidagi har qanday shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar o’tkazish, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish kabi boshqa noqonuniy usullar qo’llanishini oldini olishga xizmat qiladi.
Yana bir muhim norma – agar shaxsning o’z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo’lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi kafolatlanmoqda. Bu hol jinoyat bo’yicha haqiqatni aniqlash, shuningdek, aybsiz insonlarning javobgarlikka tortilishini oldini olishga, ayni paytda, jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor shaxs yoki shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o’ziga nisbatan insoniy muomalada bo’linishi hamda inson shaxsiga xos bo’lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi ham tarixda ilk bor konstitusiyaviy mustahkamlanmoqda.
Qolaversa, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo’lishi mumkin emasligi belgilanyaptiki, bularning hammasi mustabid tuzumdan qolgan illatga, qancha yoshlarimizni o’z orzu-umidlaridan voz kechishga majbur qilgan noinsoniy taqiqlarga chek qo’yadi.
Konstitusiyada har kim o’z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto’g’ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o’zi to’g’risida qonunga xilof yo’l bilan to’plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo’lmay qolgan ma’lumotlarning yo’q qilinishini talab qilish huquqiga ega ekanligi mustahkamlanmoqda.
Qonuniy asoslarda O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lib turgan har kim mamlakat bo’ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga egaligi, har kim O’zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekistonga to’sqinliksiz qaytish huquqiga egaligi belgilanmoqda. Endilikda mazkur konstitusiyaviy qoida kiritilishi bilan erkin harakatlanish qadriyat darajasida oliy huquqiy norma sifatida mustahkamlanmoqdaki, bu “propiska” tizimi muammosiga ham barham beradi.
Loyihada davlatning fuqarolarga Internet jahon axborot tarmog’idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi kafolatlanmoqda. Zero, O’zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 2016 yilda 12,1 mln bo’lgan bo’lsa, 2022 yilga kelib ikki barobarga, ya’ni 24 mlndan oshdi, shuningdek, mamlakatimiz aholi yashash maskanlari hududining Internet tarmog’i bilan qamrovi 2016 yildagi 28% dan 2022 yilda 98% ga yetgan.



Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin