Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
50 Sahifa 
oqimi v. azygos yoki v. hemiazygos ga quyiladigan qisman o’pka venalari, 
qisman esa bronxial venalar tomonidan amalga oshiriladi. 
O’pka to’qimasi simpatik nerv tarmoqlari (II-IV bo’yin va
I-V 
ko’krak 
tugunlaridan) 
va 
adashgan 
nerv 
tarmoqlaridan 
innervatsiyalanadi. O’pka to’qimasining limfatik tomirlari asosan 
bronxlarning tarmoqlanadigan joylardagi o’pka ichidagi limfatik 
tugunlarga quyiladi, bu limfatik tugunlarning olib ketadigan tomirlari esa, 
o’pka ildizi tugunlarigacha etib boradi va tugaydi. Limfa suyuqligi, o’pka 
ildizi limfa tugunlaridan traxeyaning yon qismida joylashgan, o’pkaning 
bosh regionar limfatik tugunlariga oqib keladi. Gorizontal (ko’ndalang) 
tekislikda o’pka ildizi tarkibi quyidagicha joylashadi: oldingi tomonda 
o’pka venalari, ular orqasida o’pka arteriyasi tarmoqlari va yanada 
orqaroqda bronx tarmoqlari yotadi, ya’ni tomirlar o’pka ildizining qolgan 
elementlaridan oldinda joylashadi. Bronxial arteriyalar bosh bronxlarning 
pastki yuzasiga yondoshib turadi. O’pka to’qimasi ichida o’pka tomirlari 
tarmoqlari va bronxlarning o’zaro munosabati odatda quyidagicha bo’ladi, 
bronxlar venalar bilan arteriyalar orasida joylashadi. 
Maxsus tekshirish usullari. 
O’pka kasalliklarining diagnostikasi eng avvalo bemorning 
shikoyatlarini, anamnezini va uni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini 
o’rganishga asoslanadi. Odatda, o’pkasida xastaligi bor bo’lgan 
bemorlarning quyidagi shikoyatlariga e’tibor beriladi: yo’tal, qon tuflash, 
nafas qisishi, ko’krak qafasidagi og’riqlar. Bemor anamnezida kasallikning 
qanday boshlanganiga va rivojlanishiga katta ahamiyat beriladi. Kasallik 
boshlanishini sovqotishga aloqadorligi, yuqumli kasalligi bo’lgan bemorlar 
bilan yaqinligi aniqlanadi. Mehnat sharoitlari surishtiriladi. Ba’zi hollarda, 
bemorning uy hayvonlarini boqishga aloqadorligi, zararli odatlari: chekish, 
spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilishi bor-yo’qligi alohida 
ahamiyatga ega bo’ladi. Kasallikning kechishida olib borilgan muolajaning 
qanchalik muvofiqligi sinchiklab o’rganiladi. 
Fizik tekshiruv usullaridan: ob’ektiv ko’rik, paypaslab ko’rish, 
perkussiya qilish va auskultatsiyalar qo’llaniladi. Ular patologik jarayon va 
funktsional o’zgarishlarni aniqlashda, kasallikning kechishi to’g’risida 
tasavvur hosil qilishga imkon beradi va ko’pincha bemorni davolash 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin