Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
80 Sahifa 
31 – rasm. Yurakning o’ng qismini (a) va chap qorinchani
(b) zondlash. 
 
Selektiv koronarografiya – yurakning toj arteriyalariga kontrast 
modda yuborib, uning o’tkazuvchanligini aniqlash va baho berishga 
aytiladi. 
Perikard va yurak shikastlanishlari 
Jarrohlik amaliyotida perikard va yurak jarohatlari (shikastlari) ko’p 
uchraydi. Ular orasida sovuq (o’tkir) qurol zarbidan vujudga kelgan 
kesilgan yoki chopilgan jarohatlar ustunlik qiladi. Perikard va yurak 
yaralanishlari aksariyat, boshqa a’zolar, ko’proq esa o’pkaning 
shikastlanishi bilan birga uchraydi.
Klinikasi va diagnostikasi.
Yurak yaralanganda, yumshoq 
to’qimalari jarohati ko’pincha quyidagi chegaralarda: yuqoridan
– III qovurg’a, pastdan – qovurg’alar osti va to’sh osti sohasi, chapdan – 
o’rta qo’ltiq chizig’i, o’ngdan – parasternal chiziqda joylashgan bo’ladi. 
Bemorlar ko’rquv, xavotirlik hissi, bezovtalik, ko’krakda siqilish sezgisi
bosh aylanishi, behollik, havo etishmasligi va nafas olishning qiyinlashuvi 
sezgisi, bo’yinga, chap elkaga, qo’ltiq sohasiga o’tadigan og’riqdan 
shikoyat qiladi. Rangi-ro’yi oqaradi, sovuq ter bosadi, hushdan ketish va 


Gospital xirurgiyasi
81 Sahifa 
shunga yaqin xolat yuzaga keladi. Ahvolning og’irligi faqat qon 
yo’qotishgagina emas, balki birinchi galda o’tkir yurak tamponadasiga 
(yurakning perikard bo’shlig’iga quyilgan qondan bosilishi) bog’lik 
bo’ladi. 
32 – rasm. Yurak jarohatini tikish (sxematik tasvir). 
O’tkir yurak tamponadasi 
O’tkir yurak tamponadasi Bek triadasi bilan namoyon bo’ladi, 
arterial bosim keskin pasayib, ba’zan puls paradoksal bo’ladi. Markaziy 
venoz qon bosimi tez va birmuncha ortadi, rentgenoskopiyada yurak soyasi 
pulsatsiyasi aniqlanmaydi, auskultatsiyada yurak tonlarining keskin 
sustlashuvi namoyon bo’ladi. Rentgenogrammalarda yurak soyasi 
kengaygan, trapetsiya yoki shar shakliga o’xshaydi. Gemoperikard borligi 
EKG tishchalari voltaji pasayishiga olib keladi.
Davolash.
Perikard punktsiyasi va undagi qonni aspiratsiya qilish, 
yurak 
tamponadasi 
rivojlanayotgan 
hollarda 
birinchi 
yordam 
ko’rsatishning ta’sirchan chorasi bo’lib, bemorni ixtisoslashgan davolash 


O`quv qo`llanma
82 Sahifa 
muassasasiga transportda etkazish uchun zarur vaqtni yo’qotmaslik 
imkonini beradi. Yurak yaralangan degan tashxis qo’yilganda yoki unga 
shubha bo’lganda, yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish, gomeostaz 
buzilishlarini korrektsiya qilishni o’z ichiga olgan samarali reanimatsion 
tadbirlar o’tkazish bilan birga shoshilinch jarrohlik amaliyoti bajariladi. 
Bunda qovurg’alararo torakotomiya kesmasi qo’llanilib, perikard ochiladi, 
yurak jarohatini barmoq bilan bosib turib qon oqishi vaqtincha to’xtatiladi, 
hamda perikard bo’shlig’i qon ivindilaridan tozalanadi. So’ngra, yurak 
jarohatlari so’rilib ketmaydigan iplar bilan, П-simon choklar qo’yilib 
tikiladi. Perikardga esa, siyrak choklar qo’yilib, uning bo’shlig’iga kattaroq 
diametrli (6-8 mm) drenaj naycha qo’yiladi. Mabodo amaliyot jarayonida 
yurak to’xtab qolsa, yurak bo’shlig’iga adrenalin yuborilib, to’g’ridan-
to’g’ri massaj qilinadi. Qorinchalar fibrillyatsiyasida defibrillyatsiya 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin