Samarqand davlat tibbiyot universiteti



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə23/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

Avtoyig`indi
Eng ko`p tarqalgan amallardan biri bu bir necha katakdagi qiymatlarning yig`inidisini hisoblashdir. Excel da buning uchun oddiy usul mavjud. Yig`indi qiymati joylashtirilishi kerak bo`lgan katak faollashtirilib, so`ngra Стандартная uskunalar panelidagi [Автосумма] tugmasini bosish kerak.
Natijada ekranda yig`indi hisoblanayotgan kataklarning barchasi shtirixli ramka bilan ajratiladi. Agar ajratilgan soha foydalanuvchini qanoatlantirsa, u holda [Enter] kerak. Agar qanoatlantirmasa – u holda sichqoncha yordamida kerakli kataklar ajratiladi.

Diapazonlarni ko`rsatish

Ba’zi hollarda funksiya va formulalarning argumentlarini yozishda bir necha kataklarning qiymatlarini kiritishga to`g`ri keladi. Bunda kataklarning diapazonlarini, ya’ni manzillarni kiritish kerak bo`ladi.
Ketma-ket keladigan kataklarning diapazonini kiritishda : belgisidan foydalaniladi. Bunda boshlang`ich katak manzilidan keyin bu belgi qo`yilib, songra oxirgi katak manzili yoziladi. Bunda shu kataklardagi qiymatlar ustuda tanlangan amal yoki funksiya bajariladi. Masalan, =СУММ(B4:T4)- bunda jadvalning 4-satrida joylashgan B-ustundagi qimatdan boshlab toki T-ustungacha bo`lgan kataklarning yig`indisi hisoblanadi. Agar =СУММ(B4:B14) – bo`lsa, B-ustuning 4-satridagi katakning qiymatidan boshlab shu ustunning 14-satridagi katakkacha bo`lgan qiymatlarning yig`indisi hisoblanadi.
Agar kataklar ketma-ket joylashmagan bo`lsa, u holda diapason berilishida manzillar orasiga ; belgisi qo`yiladi. Masalan, =СУММ(B4;K8;S6) – B4, K8 va S6 katakdagi qiymatlarning yig`indisi hisoblanadi.

Funksiyalar ustasi

Hisoblashlarda nafaqat yig`indidan balki, boshqa funksiyalardan foydalanish mumkin. Excel dasturi har xil turdagi matematik, statistik, mantiqiy va boshqa turdagi funksiyalarni o`zida saqlaydi. Foydalanuvchidan faqat ularning argumentlarini kiritish talab qilinadi. Excel da funksiyalarni ishga tushirish uchun funksiyalar ustasidan foydalaniladi. Avvalo, funksiya ishlatilishi kerak bo`lgan formulani yozish kerak bo`lgan katak faollashtirilishi shart. Funksiyalar ustasini ishga tushirish uchun Стандартная uskunalar panelining [Вставка функции] tugmasini bosish kerak. Yoki Вставка menyusining Функция buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada ekranda muloqot oyna hosil bo`ladi (1.18-rasm).
Avval, kerakli bo`lgan funksiya taaluqli funksiyalar katigoriyasini oynaning Категория maydonida tanlash kerak. Natijada bu maydon to`g`risida joylashgan Функция maydonida kerakli funksiyaning nomi tanlanadi, bu birinchi qadam.
Agar funksiyaning nomiga qarab hech narsa tushunilmasa, u holda oynaning quyi qismida tanlangan funksiya haqida ma’lumotnoma hosil bo`ladi.
Kerakli funksiya tanlanib bo`lingandan keyin [OK] tugmasi bosiladi va ikkinchi qadamga o`tiladi. Funksiyani kiritishni bekor qilish uchun [Отмена] tugmasi bosiladi.






Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin