1.18-rasm
Funksiyalar ustasining ikkinchi qadami, funksiyaga argument berishdan iborat. Buning uchun formulalar palitrasidan foydalaniladi (1.19-rasm). Bunda bir necha usullardan foydalanish mumkin. Oddiy usuli, hosil bo`lgan maydonlarda kerakli qiymatlar va kataklarning manzillarini kiritish kerak. Argumentlar kiritilgandan keyin yangi argumentni kiritish uchun [Tab] tugmasini yoki sichqoncha ko`rsatkichi keyingi maydonga bosish kerak. Barcha argumentlar kiritilib bo`lingandan keyin [Enter] yoki [OK] tugmasini bosish zarur.
Ikkinchi usuli – funksiyaning argumentlarni kiritisha shu argumentlar joylashgan kataklarni sichqoncha bilan tanlash orqali kiritish mumkin. Bu kataklarning manzillari formulalar palitrasining joriy maydonda hosil bo`ladi.
1.19-rasm
Agar palitra halaqit bersa, u holda kiritish maydoning oxirida sichonchani bir marta bosish kerak va u piktogramma shakliga o`tadi. Oynani asl holiga qaytarish uchun yana kiritish maydoning oxiriga sichqonchani yana bir marta bosish etarli. Bir formulada bir necha funksiyalardan ham foydalanish mumkin.
Excel da quyidagi funksiyalar katigoriyalaridan foydalanish mumkin:
Matematik funksiyalar
PRODUCT(< argumentlar ro`yxati >) – argument qiymatlarining ko`paytmasini hisoblaydi;
SQRT (son) – sonning kvadrat ildizini hisoblaydi;
FACT (son)- argument sifatida berilgan butun songacha bo`lgan natural sonlar ko`paytmasini hisoblaydi;
RAND (tasodifiy son) – 0 va 1 oralig`idagi tasodifiy sonni hioblaydi;
ABS (son) – argument qiymatning modulini hisoblaydi;
LN(son) – sonning natural logarifmini aniqlaydi;
EXP (son) – sonning eksponentasini hisoblaydi;
SIN(son)- sonning sinusini hisoblaydi;
COS(son) - sonning kosinusini hisoblaydi;
TAN(son) – sonning tangensini hisoblaydi;
Dostları ilə paylaş: |