7. MS Access 2003 dasturining fayl kengaytmasi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? ppt b) xls c) mdb d) bmp
III-bob.ZAMONAVIY DASTURLASHTILLARI 3.1. Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari Katakcha, katakchalar bloki, adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Zamonaviy ilovalar. Ma'lumki, zamonaviy kompyuterlar operatsion tizimga ega. Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalar MicroSoft Word (qisqacha - MS Word), - MS Excel, - MS Access, MS Power Pointlarni keltirish mumkin. Bu ilovalarning o‘ziga xos jihati ularning interfaolligi bo‘lib, ular yordamida yuzlab va minglab amallarni bajarish mumkin. Bunday murakkab ilovalarning o‘zi qanday yaratiladi? Ilovalarni yaratishning dasturiy vositalari bugungi kunga kelib juda katta imkoniyatlarga ega. Ular bilan tanishishni dasturlash tarixiga nazar tashlashdan boshlaymiz. 2. Dasturlashning rivojlanish bbsqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlftr) yaratish vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‘lgan. Bu ishni bir oz bo‘lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus daslur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlart)ga o‘girib bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash edi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog'liq bo‘lmay qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‘proq o‘xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar x>Q bo‘lsa, u holda y=ln (x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin bo‘lgan. Dastur; matnini kompyuter tushunadigan mashina kodiga o‘girishni maxsus ishlab chiqilgan va translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Natijada dasturlash] ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan masalalar ko‘lami kengaydi. Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan masala bir necha kichikroq va osonroq masalalarga ajratilgan. Zarurat bo‘lganda, ular ham? o‘z navbatida yanada kichikroq masalalarga bo‘lib chiqilgan. Bu esa bitta] masala bo‘yicha bir nechta, ba'zan o‘nlab dasturchilar birgalikda shug'ullanishlariga imkon berdi. Yaratilayotgan dasturiy vositalarningl ya'ni ilovalarning sifati yanada oshdi, dasturlar yanada murakkablashdii dasturlar ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb atalgan. Biz bilgan dasturlash tili Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar yordamida amalga oshirilgan. Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlasll deb ataladi. Bit birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish maqsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi paytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog'liq. Biz bilamizki, axborotni qayta ishlash usulini ma'lum bo‘lgan ma'lumoi deb atash mumkin. Har qanday axborotni obyekt deb qarashimiz mumkml Turbo Pascalda ma'lumotlar o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarga bo‘linadil Ularni qayta ishlash usullari (qayta ishlash algoritmlari) alohida protseduralar va funksiyalar ko‘rinishida bo‘ladi. Obyektlarga mo‘ljallangan dasturlashda awallari birlashtirish mumkin bo‘lmagan bu ikki unsurni birlashtirish imkoni paydo bo‘ldi. Ular orasidagi farq yo‘qola boshladi. Natijada axborot bilan ishlash yanada qulay va yanada osonroq bo‘lib qoldi. Bu esa bitta dastur ustida o‘nlab, yuzlab va hatto minglab dasturchilar birgalikda ishlashlariga imkon berdi. Yaratilgan amaliy dasturiy vositalarning imkoniyatlari keskin oshib ketdi. Yaratilayotgan dasturiy vositaning o‘zini ham axborot deb qarash mumkin. Demak, dastur kodini yaratishda ham obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan, har bir dasturning o‘z oynasi bo‘ladi. Dastur oynasinlng bo‘yi va eni kabi xossalari (oyna obyekti xossalari) bor, oynani yaratish, yopish, joyini va o‘lchovlarini o‘zgartirish kabi qayta ishlash usullari (obyekti usullari) yordamida dastur oynasi bilan ishlashni osonlashtirish mumkin. Agar oyna degan obyekt yaratilgan bo‘lsa, dastur oynasi bilan ishlash bu obyektning xossalarini kerakli tarzda o‘rnatish va obyekt usullarldan kerakli joyda foydalanish ko‘rinishida juda oson kechadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi, yaratilayotgan dasturlarning sifati yanada oshdi. Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlami dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo‘lgandek qilib o‘rnatish yetarli bo‘lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi va dasturlash ko‘proq Lego yordamida o‘yinchoq yasashga o‘xshab qoldi, Hozirgi paytda umumlashgan dasturlash usuli ommaviylashib bormoqda. Uning ma'nosini quyidagicha tushuntirish mumkin. Dasturdu uchburchak, to‘rtburchak, ko‘pburchak, aylana kabi obyektlar va ularning yuzasi degan xossalari bo‘lsin. Ularning har biridan foydalanish o‘rniga geometrik shakl yuzasi degan xossadan foydalanishimiz. 4 mumkin, Dasturning o‘zi qanday geometrik shakl to‘g'risida gap ketayotganini aniqlab, kerakli obyektning kerakli xossasidan foydalanib javobni topadi, Natijada dasturlash yanada osonlashdi va arzonlashdi. Endi yaratilayotgan dasturni bir paytning o‘zida xohlagan operatsion tizim uchun va uning interfeysini kerakli tilda yaratish mumkin. Ularni o‘zgartirish ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi. 3. Zamonaviy dasturlash muhitlari.