Avtoforma: tablichnaya (jadvalli) – maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar ko’rinishida tuzish;
Diagramma – diagrammalar ko’rinishida formalar tuzish;
Jamlovchi jadval – Excel jadvallar bilan taqqoslash usulidan foydalanib formalar tuzish.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot oynasining pastki qismlida forma tuziluvchi jadval yoki so’rov nomini ko’rsatiladi. Ma`lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo’lib, uning tashqi ko’rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog’liq. Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. MB ning oynasida Sozdat’ tugmasini bosish bilan Novaya forma muloqoti oynasi ochiladi. Unda kerakli so’rovni yoki jadvalni tanlab sichqoncha chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunligi) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 bosqichdan iborat:
a)formaga kiritish mumkin bo’lgan maydonlarni tanlash,
v)formaning tashqi ko’rinishini tanlash.
s)formaning fon tasvirini tanlash,
d)forma nomini berish.
Natijada tanlangan ko’rinishdagi forma tashkil etiladi, masalan 7-rasmdagi ko’rinish.
Forma tuzilmasi
Forma tuzilmasi 3 qismldan iborat:
-forma sarlovhasi,
-ma`lumotlar beriladigan joy,
-eslatmalar satri.
7-rasm. Elektron formaga doir na’munoviy ko’rinish.
Boshqarish elementlari asosan ma`lumotlar beriladigan joyda ifodalangan bo’ladi.
Boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi maydonini ifodalaydi. Sichqonchani surish bilan bu ulchamni o’zgartiradi.
SHuni eslatish lozimki, ba`zan maydon nomi bilan ma`lumotlar joylashadigan oralikka nadpis’ (yozuv) kiritish mumkin:
Yozuvlar tashkil qilish Elementlar panelida maxsus boshqaruv elementi mavjud bo’lib, uni va Formani tanlab matnlar ramkasini hosil qilamiz. Matn kiritilganda uni formatlashning xojati yo’q. Matn kiritilgach, Enter tugmasi bosiladi.
Boshqarish elementini formatlashda avval uni ajratish (videlit’) lozim, sungra Vibor ob`ekta (ob`ektni tanlash) asbobidan foydalanamiz. Boshqarish elementini ajratganda, uning atrofida 8 markerli ramka hosil bo’ladi. Chegaralarini siljitish bilan ramkani siqish va chuzish mumkin bo’ladi. Ramkaning chapdagi yuqori markeri alohida ahamiyatga molik. Unga ko’rsatkichni tug’rilaganda, sichqoncha ko’rsatkichi xuddi bosh barmoq ko’rinishiga o’xshab ketadi. Ob`ekt ajratilgach, shrift parametrlarini o’zgartirish mumkin. Buni formatlash paneli piktogrammalari orqali amalga oshirish lozim. Bordiyu, sichqonchaning o’ng tugmachasi bosilsa, u holda kontekst menyu buyruqlari orqali ish bajariladi.
Jadval maydonlari mazmunini aks ettiruvchi boshqarish elementlari, elementlar panelidagi Maydon elementi orqali amalga oshiriladi. Bunday elementlar bog’langan maydon deb ataladi. Ushbu bog’langan maydonni tashkil qilish uchun elementlar panelida Maydon elementi mavjud. Bog’langan maydonni tashkil qilish jarayonida boshqarishning yana bir elementi – bog’langan yozuv paydo bo’ladi. Bog’langan maydonni bog’langan yozuvdan ajratish uchun chap tomon tepasida turgan barmoq ko’rsatkichi markerni ishga soladi.