Samarqand davlat tibbiyot universiteti


TIMER OB’EKTI VA UNDAN FOYDALANISH



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə52/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Укув кулланма 2023 Лицие

3.14. TIMER OB’EKTI VA UNDAN FOYDALANISH.

DTS:katakcha, katakchalar bloki, adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.


1, Timer obyektining xossalari. Ba'zan ilovada vaqtga bog'liq mallarni bajarishga to‘g'ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni o‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi. Test dasturida topshiriqni bajarish uchun ma'lum vaqt ajratiladi. Bu vaqt tugagach, test topshirish ham tugaydi. Taqdimotda har o‘n (yoki yigirma) sekunddan keyin yangi varaq ekranga chiqariladi. Animatsion ilovalarda harakatlanayotgan shaklning holati sekundiga bir necha marta yangilanib turadi. Bu misollarning barchasida Timer obyektidan foydalaniladi. Timer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda ko‘rinmasligidir. Shunga qaramay, agar Timer faol holatda bo‘lsa, u berilgan vaqt oralig'i o‘tishini kutadi. Bu vaqt oralig'i o‘tgach, ilova o‘z ishini vaqtincha to‘xtatib, Timerning maxsus protsedurasi bajariladi. Bu protsedura bajarilgach, ilova yana o‘z ishini davom ettiraveradi. Timer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan:
Timer obyektining bor-yo‘g'i ikkita xossasi bor. Ulardan birinchisi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan Enabled (faol)dir. Bu xossa rost va yolg'on qiymatlarni qabul qiladi. Uning qiymati True (rost) bo‘lishi bilan Timer ishga tushadi. Qiymati False bo‘lishi bilan Timer o‘z ishini to‘xtatib turadi. Dastlab bu xossaning qiymati Truega teng. Timerning ikkinchi xossasi Interval bo‘lib, unda Timer keyingi marta qancha vaqtdan keyin ishga tushishi ko‘rsatiladi. Bu vaqt millisekundlarda o‘lchanadi. Agar Timer har ikki sekundda bir martadan ishga tushishi kerak bo‘lsa, interval xossasi 2000 ga teng qilib o‘rnatiladi. Dastlab uning qiymati 1000 ga teng bo‘ladi. 2. Elektron soat va Timer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Labelning Font (shrill) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz: Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
Ikkinchi funksiya vaqt turidan matn satri turiga degan ma'noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida bo‘ladi. Bu qiymatni obyektining xossasiga berish mumkin. 3. Timer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label, Button; SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarirti QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz.
SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz:
Buttontugmasini ikki marta bosib, uning protsedura operatorini kiritamiz. Timerni ikki marta bosib, protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
Bu protsedura har safar ishga tushganda, uning birinchi satridagl operator SpinEditning qiymatini bittaga kamaytiradi. Ikkinchi satrdagi operator SpinEditning qiymati 0 ga teng bo‘lganligini tekshiradi. Agar 0 bo‘lsa, to‘rtinchi satrdagi operator Timer ishini to‘xtatadi, beshinchi satrda ekranga muloqot darchasini chiqariladi. Bu oyna yopilishi bilan oltinchi satrdagi operator ilova oynasini yopadi va ilova o‘z ishini tugatadi. Ilova ishga tushganda Timerning vaqtini SpinEditda o‘rnatamiz va Start tugmasini bosib, Timerni ishga tushiramiz. Timerdagi vaqt kamayib boriull va u tugashi bilan ekranga muloqot darchasi chiqadi. Uni yopishimiz, bilan ilova ham o‘z ishini
tugatadi. 2) Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi darsda yaratilgan muntazam N burchakning diagonallari nomli ilova ishini avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik tartibiga o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga oshirib, uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Tugma yana bir marta osilganda avtomatik tartibdan chiqib, kutish tartibiga o‘tsin. Tugma yana bir marta bosilganda ilova o‘z ishini davom ettirsin. Ilovani Delphi ga qayta yuklab, unga Timer obyektini joylaymiz. Uning Enabled xossasining qiymatini yolg'onga o‘tkazamiz. Button1 tugmasining sarlavhasini Startga o‘zgartiramiz. Bu tugmani ikki marta bosib, hosil bo‘lgan protseduraga quyidagi ikki operatorni kiritamiz:
Birinchi qatordagi operator Timer1 ning faolligini Enabled xossasi yordamida teskarisiga o‘zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni Enabled qiymatiga qarab Stop yoki Start qilib o‘zgartiradi. Timer 1 ni ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch operatorni kiritamiz:
Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi. Keyingi operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning tomonlari va diagonallarini chizib chiqadi. Ilovani ishga tushirib, undagi tugmani bosamiz. Ekrandagi ko‘pburchaklarning diagonallarini chizilishini kuzatamiz. Kerak paytda tugmani yana bir marta bosib, ilova ishini to‘xtatib turamiz va ekrandagi ko‘pburchak diagonallarini batafsil ko‘rib chiqamiz. So‘ng tugmani yana bir marta bosib, keyingi ko‘pburchaklarning chizilishini tiklaymiz.


Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin