Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1 obyekti qanday vazifani bajaradi?
■ obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
■ obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
■ Ilovaga obyektini joylang. Bu obyektni Asaka zavodida ishlab chiqariladigan avtomashinalardan birini tanlaydigan qilib xossalarini o‘zgartiring.
■ Ilovaga obyektini joylang. Uning xossalari o‘zgartirib, unga viloyatlar ro‘yxatini kiriting.
UYGA VAZIFA
1. obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
2. obyekti qanday vazifani bajaradi? ListBox VA ComboBox obyektlari. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
3.12. MEMO BOSHQARISH OBEKTI.
1. Memo obyekti va uning imkoniyatlari. Ba’zi ilovalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari ham bo‘lishi kerak. Delphi ning biz shu paytgacha tanishib chiqqan imkoniyatlarida buning iloji yo‘q. Endi biz bunday imkoniyatni yaratadigan boshqarish obyekti bilan tanishamiz.
Bu obyektning nomi Memo bo‘lib, u Memorandum so‘zining qisqartirilgan ko‘rinishi va xizmat uchun yozuvlar degan ma’noni bildiradi.
Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida joylashgan:
Delphida yangi ilova yaratib, unga bu obyektni joylaymiz. Ilovani ishga tushirib, sichqonchani Memo ustida bossak, uning ish maydonchasida kursor paydo bo‘ladi. Demak, unga matn kiritish mumkin:
2. Memo obyektining asosiy xossalari. Memo obyektiga qancha matn k iritish mumkin? Unga chegara bormi? Albatta, bor. Bu obyektga kiritilgan matnda ko‘pi bilan 216=65536 ta harf va boshqa belgilar bo‘lishi mumkin. Bu esa 1000 dan ortiq matn satri degani. Lekin, biz bu obyektda matn kiritishni emas, unga ma’lumotlarni chiqarishni mo‘ljallagan edik. Agar biz unga foydalanuvchi ma’lumot kirgiza olmasligini xohlasak, bu obyektning ReadOnly (faqat o‘qish uchun) nomli xossasini False (yolg‘on) dan True (rost) ga o‘tkazishimiz kerak:
Memo ga kiritilgan matn uning Text xossasida saqlanadi. Unda bittadan
ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish
uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak
bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Memo1.Text:=’1-satr’+#13+#10+’2-satr’;
Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki ta natural sonning
kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button
obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib
o‘zgartiramiz:
Dostları ilə paylaş: |