3.8. Ilovaga ma’lumotlar kiritish, ilovaga matin satirini kiritish 1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga
ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Delphi
muhitida buning
eng sodda usuli ilova oynasiga
Edit
(Kiritish maydonchasi) boshqarish
obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida
oltinchi bo‘lib joylashgan va uning yorlig‘i
.
Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi obyekti
Form
niki kabi.
Unda ham
Left
,
Top
,
Width
,
Height
xossalari bor. Unda
Caption
xossasi
yo‘q. Shuning uchun u odatda
Label
obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning
asosiy xossasi
Text
(Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada
saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr
uning kiritish maydonchasida aks etadi.
Kiritish maydonchasi obyektining yana bir muhim xossasi
ReadOnly
(faqat o‘qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati mantiqiy kattalik
bo‘lib, faqat
True
(rost) yoki
False
(yolg‘on)ni qabul qiladi. Dastlab bu
xossa qiymati
False
(yolg‘on) deb o‘rnatilgan. Shu sababli unga
ma’lumotlarni kiritish mumkin.
103
Agar bu xossa qiymati
True
(rost) ga o‘zgartirilsa, u holda unga
foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritib bo‘lmaydi. Lekin ilova undagi
ma’lumotlarni o‘zgartira oladi. Bu nimaga kerak, degan savol tabiiy.
Edit
obyekti
Label
dan farqli ravishda ramkaga olingan va unga kiritilgan
ma’lumot chiroyliroq ko‘rinadi. Agar biz undan ma’lumot chiqarish uchun
foydalanmoqchi
bo‘lsak,
bu ma’lumot foydalanuvchi tomonidan
o‘zgartirmasligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi.